Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Brifing: OKMK tomonidan 2025-yilning 1-choragi ishlab chiqarish prognozlari ijrosi

15 Aprel 2025, 14:26 1676

2025-yilda Isroil va Marokash davlatlariga kon-metallurgiya mahsulotlari eksport qilinadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva ma'lum qildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025-yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi

Jumladan, 1-chorak bo‘yicha 8,2 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda 9,1 trln so‘mlik tovar mahsulotlari tayyorlandi. Reja 113,9%ga bajarildi.

Shuningdek, prognoz bo‘yicha 1,7 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish belgilangandi, amalda esa 2,3 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari tayyorlanib, reja 134,4%ga bajarildi.

Mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 101,4%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +101,7%ni tashkil etdi.

O‘z xom ashyomizdan mis  ishlab chiqarish prognozi 118,4%ga, rux ishlab chiqarish esa 102,7%ga bajarilgan.

1-chorakda shuningdek, mis kuporosi(100%), emallangan mis simlar(100%), texnik selen va tellur(100%), perrenat ammoniy(100,9%), palladiy kukuni(102,5%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish prognozlari ham bajarildi.

Eksportga to‘xtaladigan bo‘lsak,

Joriy yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, ekport prognozi 105,4%ga bajarilib, 101 mln 735 ming dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Xorijiy iste'molchilarga mis katodi, mis katankasi, rux, rux kuporosi, mis kuporosi, kadmiy, texnik tellur kabi mahsulotlar yuborilgan.

2025-yilda yangi bozorlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, xususan, Isroil va Marokash kabi davlatlarga mahsulotlar eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, prognoz 104%ga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi esa 24 mln dollarni tashkil qildi.

Yangi loyihalar bo‘yicha 252,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Shuningdek, hisobot davrida mahalliylashtirilgan mahsulotlardan 364,2 ming dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Reja bo‘yicha 64 mln dollarlik mahsulotlar importi amalga oshirilishi kerak edi. Amalda esa 47,8 mln dollarlik mahsulot import qilindi va ushbu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 75%ni tashkil etdi.

Importni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jami 11,6 mln dollar valyuta mablag‘lari tejalib, reja 129%ga bajarildi.

Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali jami 436,8 mlrd so‘mlik mahalliy mahsulotlar xaridi amalga oshirilib, natijada reja 125%ga bajarilishiga erishildi.

 Investisiya

“Olmaliq KMK” AJda investitsiya dasturi doirasida ham belgilangan vazifalar 1-chorakda bajarilishi ta'minlandi.

Xususan, birinchi chorak yakuni bo‘yicha 205,4 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 102,1%ga bajarildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobidan 105,4 mln dollar o‘zlashtirilgan holda prognoz 101,7%ga ado etildi.

Raqamlashtirish

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2025-yilda raqamlashtirish doirasida 21 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 1-choragida 8 ta loyiha ishga tushirildi. Xususan, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llash, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish va ish yuritish jarayonini raqamlashtirish, Sun'iy intellekt tizimlarini rivojlantirish va Axborot xavfsizligini oshirish, IT sohasida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tufayli bir qator natijalarga erishildi.

Jumladan, “E-Metrologiya” axborot tizimi ishga tushirilib, 46 mingta nazorat va o‘lchov asboblarni ma'lumotlar bazasi yaratildi. 2900 nafar foydalanuvchilarning elektron pochtasini himoyalandi. 5 ming tarmoq qurilmalarini monitoring qilish (NAC) tizimi yaratildi.

Reyting

Shuningdek, 2025-yil fevral oyida Sustainable Fitch reyting agentligi tomonidan kombinatga ESG Entity Rating «3» darajali reytingi va 56 ballni berildi. Bu kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasini, shuningdek, ijobiy boshqaruv va ekologik profilini, tog‘-kon va metallurgiya sanoatiga xos ekologik muammolarni hisobga olgan holda faoliyat yuritishini bildiradi

Bu reyting Respublika kon-metallurgiya sanoati sohalari ichida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Baholash kombinatning talablarga muvofiqligi, tasnif(taksonomiya)larga rioya qilishi, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi hamda ESG mezonlarini biznes, strategiya va boshqaruvga integrasiya qilishini qamrab oladi.

Sertifikat

Olmaliq kon metallurgiya kombinati joriy yilning fevralь oyida ISO 50001:2018 talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Mazkur sertifikat - energiya iste'molini tizimli boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga qaratilgan xalqaro standart hisoblanadi. Uning joriy etilishi korxonalarga energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi.

Bo`lishmoq:
Text to speech