Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Brifing: “Olmaliq KMK”AJ Komplayens xizmati tomonidan 2025-yil 11 oy davomida amalga oshirgan ishlar

04 Dekabr 2025, 16:28 392
  1. PQ-81-son Qaror ijrosi boʻyicha:

2024-yil yakuni bilan Kombinatda joriy etilgan aksilkorrupsiyaviy tizimning samaradorligi munosib baholandi.

Chunonchi, 5 ta yoʻnalish hamda 29 ta maxsus indikatorlardagi koʻrsatkichlar ijrosini Kombinatda baholash yakunlariga koʻra, “Olmaliq KMK”AJ Samaradorlik reytingida ilk marotaba 100 ballik imkoniyatdan jami — 85 ball toʻplab, oʻz tarixida ilk marotaba “Yashil” (Yaxshi) guruhiga oʻtishga erishdi.

Bunda, oʻsish koʻrsatkichi 21 ballni tashkil qilgan holda (2023-yil yakuni bilan Kombinat atigi 64 ball, 2022-yil yakuni bilan 68 ball toʻplagan edi xolos), 2024-yilgi reytingda jami 102 ta respublika vazirlik va idoralari hamda tashkilotlari oʻrtasida ilk marotaba 11-oʻrinni (2023-yil yakuni bilan Kombinat atigi 69-oʻrinni, 2022-yil yakuni bilan 23-oʻrinni egallagan edi xolos) qayd  etdi.

  1. PQ-240-son Qaror ijrosi boʻyicha:

2025-yil yanvar oyida “Olmaliq KMK”AJ Ustavida belgilangan barcha funksiya va vazifalarning korrupsiyaga moyillik darajasi baholashdan oʻtkazildi.

Kombinatda korrupsiyaga moyillik darajasi yuqori boʻlgan funksiya hamda vazifalar soni oʻtgan 2024-yilga nisbatan, 21 tadan 3 donaga kamaytirishga erishildi.

2024-yil

2025-yil

yuqori

oʻrta

past

yuqori

oʻrta

past

21

36

8

3

16

38

  1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan soʻnggi ikki yil davomida olib borilgan izchil tayyorgarlik ishlari natijasi oʻlaroq, 2025-yilning may-iyun oylarida Kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimlari tashqi xolis auditdan oʻtkazilib, joriy yilning 30-iyun sanasida “Management Certification” MCHJ Sertifikatsiya organi tomonidan ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimida belgilangan xalqaro standart talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi ISO 37001:2016 Xalqaro sertifikat bilan, shuningdek, OʻzDSt ISO 37001:2019/ISO 37001:2016 milliy sertifikat bilan taqdirlandi.
  1. Taʼlim va kommunikatsiya

“Olmaliq KMK”AJning 2025-yil 18-avgustdagi 1475-son farmoyishi bilan Kombinatning 33 nafar, 28-avgustdagi 01599-son farmoyishlari bilan 33 nafar jami Kombinatning 66 nafar xodimlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi” mutaxasisslari tomonidan (ikki kunlik – jami 12 soatlik) “Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish” mavzusida oʻquv kurslari tashkil etildi.

“Olmaliq KMK”AJga ishga yangidan qabul qilingan xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi yuzasidan doimiy tarzda “Welcome Training” dasturi doirasida Kombinat Oʻquv markazi tomonidan muntazam ravishda oʻquv treninglar oʻtkazilib kelinmoqda.

  1. “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisining 2024-yil 30-noyabrdagi topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, Komplayens xizmati tomonidan ishlab chiqilgan “Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlarining roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qaror loyihasi, 2025-yil 30-iyunda VMQ-400-son Qaror bilan  tasdiqlandi.

Ushbu Qaror, Kombinatning oddiy ishchi va xodimlarga qanday imtiyozlar beradi?

Eng avvalo bir jihatga eʼtibor qaratish lozim boʻladi.VMQ-400 Qarorida belgilangan Istisnolar qoidasining taʼsir doirasiga, faqatgina ishchi va xodimlar toifasiga mansub xodimlar kiritilgan boʻlib, ushbu toifadagi ishchi xodimlarning ulushi jami  Kombinat xodimlarining umumiy sonida taxminan 70-75 foizni tashkil qiladi.

Alohida taʼkidlash joizki, “Boshqaruv, rahbariyat hamda injener-texnik”, markaziy apparat xodimlari, shuningdek xaridlar, sotuvlar, bosh buxgalter, buxgalter, HR xodimlar, omborchilar toifasiga kiritilgan mansabdor  xodimlar hamda moddiy  javobgar ishchi xodimlarga  nisbatan  Qarorda  belgilangan  “Istisnolar qoidasi” qoʻllanmaydi, ularga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvi hamda mehnat qonunchiligida  belgilangan qarindoshlarning birga ishlashiga oid barcha cheklov 
va taʼqiqlar toʻliq hajmda qoʻllanishda davom etadi
.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi VMQ-400-son Qarorining qabul qilinishi Kombinat oldida turgan quyidagi oʻtkir muammolarni hal etishda huquqiy yechim vazifasini oʻtaydi:

Chunonchi,

- “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini tashkil etishda, “togʻ-kon va metallurgiya sanoati korxonalari” ishchi va xodimlari, shuningdek, sohadagi yuqori malakali mutaxassislarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini   taʼminlash;

- “togʻ-kon va metallurgiya sanoati” korxonalarining yuqori malakali ishchi va xodimlar hamda mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda qoplashga xizmat qiladi.

Qaror vositasida, “Olmaliq KMK”AJ, “Navoiy KMK”AJ, “Navoiyuran”DK, “Oʻzmetkombinat”AJ hamda “Oʻzbekkoʻmir”AJ kabi strategik ahamiyatga ega boʻlgan yirik sanoat korxonalarining ishchi va xodimlarining oʻzi hamda avlod va ajdodlari oʻzlari muqim yashab kelgan hududda joylashgan korxonada erkin  mehnat qilish huquqi  kafolatlandi.

  1. Monitoring va nazorat

2025-yil (1-yanvar – 15-noyabr bo‘lgan davr mobaynida) Komplayens xizmati ishtirokida jami – 18 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib Kombinatning 2 (ikki) nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va 9 (to‘qqiz) nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar va ularga taʼsir choralari

Hisobot davrida, Kombinat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori – 1,114 mln soʻm (bir milliard bir yuz oʻn toʻrt million) soʻm aybdor shaxslardan zarar miqdorini  to‘liq  hajmda  undirishga erishildi.

2025-yil 1-dekabr holatiga Komplayens xizmatida 6 nafar shtat birliklari mavjud boʻlib, haqiqatda (amalda) 5 (besh) nafar xodimlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda

    Sh.X.Joʻrayev,

“Olmaliq KMK”AJ

Komplayens xizmati boshligʻi

Bo`lishmoq:
Text to speech