"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3327-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan bugun “Metallurg” MSda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov kombinat, shahar va hamkor OAV vakillari bilan uchrashdi.
- Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni aholini va dunyo afkor ommasini xabardor qilishda siz jurnalistlarning roli katta. Ayniqsa, kombinatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, yirik qurilishlar va ularning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida OAV da keng yoritib borilmoqda, - deydi Abdulla Xursanov. - Kuni kecha davlatimiz rahbari yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta'minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishib, yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishda energiya samaradorlik, energiya resurslarini tejash, yashil energetikaga o‘tish masalalari muhokama etildi. Bizga ham bu borada bir qator vazifalar yuklatildi. Bugungi kundagi ushbu dolzarb vazifalarni xalqqa yetkazishda siz jurnalistlarning o‘rni beqiyos. Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan xalqaro investitsiya forumini olaylik. Mazkur nufuzli tadbirda ko‘plab xorijiy davlatlarning kompaniyalari, bank moliya tashkilotlarining vakillari, jumladan, Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso kabilar kombinat faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi. Abu Dhabi Commercial Bank vakillari hamkorlik takliflarini bildirishdi. Ularning “kombinat bilan strategik hamkor bo‘lmoqchimiz” degani kombinatning xalqaro miqyosidagi darajasi qanchalik yuksalayotganini anglatadi.
So‘nggi 5 yilni oladigan bo‘lsak, kombinatga ko‘plab davlatlarning delegatsiyalari tashrif buyurishmoqda. Ular biz bilan hamkorlik qilish istagini bildirishayapti. Bo‘layotgan o‘zgarishlarni, islohotlarni tezkorlik bilan yoritishda albatta, sizlarning boy tajribangizga tayanamiz.
Fursatdan foydalanib, sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan samimiy muborakbod etib qolaman.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida kombinat Axborot xizmati faoliyati e'tirof etildi. Shuningdek, shahar va hamkor OAV vakillarining ham samarali mehnatlari qayd etib o‘tildi.
Tadbir davomida OKMK Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva xizmat faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Axborot xizmati tomonidan 2024-yilda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha keng ma'lumot berildi.
Ma'lumot uchun bugungi kunda OKMK Axborot xizmati tarkibida veb-tahririyat, “OKMK TV” korporativ telekanali, “Rangli metallar” va “За цветные металлы” gazetalari faoliyat yuritib kelmoqda.
OKMK Axborot xizmati