"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 18-25-noyabr kunlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Markaziy, hududiy va mahalliy bosma OAV vakillari uchun "Ochiq eshiklar kunlari" o‘tkazildi.
Tasdiqlagan jadval asosida tadbirlar Mis boyitis fabrikasi, Mis eritish zavodi, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi va Markaziy analitik laboratoriyasi, Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Avtomobil transport boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi, Ixtisoslashtirilgan taʻmirlash ishlari boshqarmasi kabi tarkibiy boʻlinmalarda oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirlarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri Nazira Matyaqubova, Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi rahbari Akmal Umaraliyev, “Toshkent haqiqati” gazetasi bosh muharrir o‘rinbosari To‘xtamurod Hasanboyev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi adib, “Sharq yulduzi” jurnali bo‘lim muharriri Said Anvar, “Yoshlik” jurnali mas’ul muharirri Xolmuhammad Karimiy, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Oysara Dadayeva, mashhur hofiz Bexruz Nurboboyev, “Yoshlik” jurnali mas’ul muharirri Xolmuhammad Karimiy, Ilm fan va innovatsiyaon rivojlanish jurnali bosh muharriri Hilola Saloyeva, "Innovator" jurnali bosh muharriri Sevara Abdullayeva “Adolat” gazetasi jurnalisti Kamol Matyoqubov, “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karim, “Jadid“ gazetasi mas’ullari, “Hurriyat” gazetasi bosh muharrir o‘rinbosari Dilmurod Qirg‘izboyev hamda mahalliy gazetalarning muharrirlari ishtirok etishdi.
Tadbirlarda ishtirok etgan bosma OAV vakillari kombinatning mamlakatimiz iqtisodiyotida turgan o‘rni, kombinat ishchi-xodimlarini zamonamiz qahramonlari ekanliklarini ta’kidlashdi.
Kombinat ishchi-xodimlari bilan samimiy muloqot chog‘ida jurnalistlar o‘z nashrlarining faoliyati, gazetalarning mazmundorligi, axborot siyosati va yangi loyihalar haqida ma’lumot berishdi.
OAV vakillari bugungi kunda ko‘pchilik yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolishayotganligini, kitob va gazeta o‘qish nafaqat ma’naviy, balki intellektual salohiyatni yuksaltirish haqidagi fikr-mulohazalarni bildirishdi.
OKMK boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva kombinat OAV va matbuotni doimo qo‘llab-quvvatlashini, kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar va ilg‘or ishchi-xodimlarning faoliyatini yoritishda jurnalistlarga tayanilishini ta’kidlab o‘tdi.
Jurnalistlar uchun kombinat korxonalariga sanoat ekskursiyasi ham tashklik etildi.
Tadbirlar davomida OKMK va bosma OAVlar o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha kelishib olindi.
OKMK Axborot xizmati