• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda press-tur tashkil etildi

04 Noyabr 2024, 10:16 121

Joriy yilning 1-noyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar yuzasidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Press-turda O‘zA Milliy axborot agentligi, ”O‘zbekiston 24”, MY5, “Rennessans TV”, “Nurafshon TV”, “Sevimli TV”, “Yoshlar” telekanallari”, daryo.uz, kun.uz, podrobno.uz, talqin.uz, Effekt.uz, “Yoshlar kundaligi”, darak.uz internet nashrlari, “Yangi O‘zbekiston”, “Xalq so‘zi”, “Toshkent haqiqati”, “Narodnoe slovo”, “Olmaliq hayoti”, “Almalikskiy rabochiy” gazetalari ijodiy xodimlari va blogerlar ishtirok etishdi.

Press-tur ishtirokchilari Yoshlik-1 koni va 3-Mis boyitish fabrikalarida bo‘lishdi.

OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-turda kombinat tarkibidagi sanoat korxonalari va konlaridagi ish jarayonlari tanishildi. Unda jurnalistlar konchilar, korxonalar mutaxassislari bilan yaqindan suhbat qilishdi.

Ma'lumot uchun: hozirgi paytda 2030-yilgacha kombinatni rivojlantirish konsepsiyasi  doirasida “Yoshlik-1” konini” o‘zlashtirish va 3-Mis boyitish fabrikasini qurish ishlari olib borilmoqda. Fabrika foydalanishga topshirilgandan so‘ng 3 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida ushbu loyihaning 2-bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berildi. Bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis va boshqa qimmatbaho metallarni olish quvvatlari yaratiladi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Yangi fabrikaning ishlab chiqarish jarayonida yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llaniladi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston tarixidagi eng yirik investitsiya loyihalari hisoblanadi. Ularning amalga oshirilishi natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati bir necha barobarga oshiriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech