• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK" AJda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

08 May 2024, 14:23 504

Bu haqda joriy yilning 7-may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda kombinat boshqaruv raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahtchisi Azamat Mavlonov ma'lum qildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yoshlar siyosati ustuvor vazifa hisoblanadi. Kombinatda yoshlarni mehnat qilishi, o‘z salohiyatlarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bevosita raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak bugungi kunda kombinatda jami yoshlar soni 11055 nafarni tashkil qiladi. Ularning 3083 nafarini ayollar tashkil etadi. 1351 nafari yoshlar oliy ma'lumotli bo‘lib, 658 nafari esa rahbar va muhandis texnik xodimlardir.

2023-yilda kombinatda yoshlar siyosatini olib borish, kadrlar zahirasini shakllantirish, ommaviy tadbirlar, ma'naviy-ma'rifiy soha, sport musobaqalari va ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga doir salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, o‘tgan yilda yosh mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, ularni o‘z kasbiga nisbatan qiziqishlarini orttirish va kombinat kelajagi uchun kerakli kadrlar bo‘lib yetishishlari uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.  Jumladan, yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh rahbar”, “Eng yaxshi yosh mexanik-2023”, “Eng yaxshi yosh boyituvchi-2023”, “Eng yaxshi yosh kimyogar-2023”, “Eng yaxshi yosh metallurg-2023”, “Eng yaxshi yosh konchi-muhandis-2023”, “Eng yaxshi yosh muhandis quruvchi-2023”, “Eng yaxshi geolog-2023”, “Eng yaxshi yosh energetik-2023”, “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha eng yaxshi yosh muhandis” va boshqa kasb mahorati tanlovlari o‘tkazildi. Ushbu tanlovlarning g‘oliblari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilib, tajribali mutaxassislarga biriktirilgan holda “Ustoz-shogird” an'analariga ham e'tibor qaratilmoqda.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida kombinat hamda Olmaliq shahri yoshlari o‘rtasida muntazam ravishda “Zakovat” intellektual o‘yinini liga tarzida o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. 

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ular o‘rtasida jismoniy sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil etish maqsadida o‘zida 12 ta sport turini qamrab oligan “Yoshlar spartakiadasi-2023” musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda 2500 nafardan ziyod sportga qiziqishi bor yoshlari ishtirok etishgan.

Shuningdek, “Yosh kitobxon-2023” ko‘rik-tanlovi, “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi ham yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshishini ta'minlashi shubhasiz.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan yoshlarni ijtimoiy ahvoliga, kombinat ishchi-xodimlarining farzandlariga, kombinat hayotida faol bo‘lgan yoshlarga muntazam e'tibor qaratib kelinmoqda.

Ayniqsa, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimiz natijasida hozirda Germaniyaning Frayberg konchilik akademiyasida 2 nafar yosh mutaxassisimiz doktorantura bosqichida ta'lim olishmoqda. Shuningdek, 2 nafar yosh mutaxassisimiz ham Yaponiyaning Akita universitetida doktorantura bosqichida ta'limni davom ettirishmoqda.

Shu yo‘nalishda 2024-yilda ham ishlarimizni davom ettirgan holda iste'doli yoshlarimizning Germaniya va Xitoy davlatlarining yetakchi oliy dargohlarida o‘qitishni maqsad qilganmiz.

Iqtidorli yoshlar tomonidan bildirilgan ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga tatbiq etish ishlari ko‘rib chiqilmoqda.

Ma'lumki, kombinat yoshlarining malakasini doimiy oshirish, ularni o‘z ustilarida uzluksiz ishlashlarini ta'minlash va zahira kadrlar bilan ishlashni rivojlantirish maqsadida “Muhandislar maktabi” qurildi. Ushbu maktabda ham iqtidorli yoshlar o‘z malakalarini oshirishadi.

Shuningdek, bu ishlab chiqarishda xorij tajribasini qo‘llash orqali samaradorlikni yanada oshirish maqsadida chet tillarini o‘rganish istagidagi yoshlarga til o‘rganish kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ularni turli oqimlar ta'siridan himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi amaliy ishlar ham o‘z samarasini bermoqda.

O‘ylaymanki, kelgusida ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlarimiz bardavomlik kasb etib, nafaqat kombinatimiz ravnaqiga balki respublikamizning rivoji uchun ya'ni Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech