"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda OKMK Axborot xizmatlari hamkorligida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar treningda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxonalari matbuot kotiblari ishtirok etishdi.
Dastlab, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati xodimi D.Qurbonova vazirlik hamda idoralarda, umuman turli media-tadbirlarda press-reliz tayyorlashda kuzatiladigan kamchiliklar, yutuqli tomonlar, tendensiyalar, jurnalistlar pullini tashkil qilish masalalari haqida ma’lumot berdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi Murod Fayziyev fotografiya va mobilografiya bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Unda qanday rakursda suratga olish, mavzuga mos rasm tanlashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, fotoapparatlarning texnik xususiyatlari bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, OKMK Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva tomonidan “Press-reliz tayyorlash, press-kit tushunchasi, jurnalistlar va blogerlar pullini tashkil qilish, kommunikatsiyalar vositasida Axborot xizmati ishini to‘g‘ri va samarali yuritish” mavzusida taqdimot qilindi. Taqdimotda axborot xizmati faoliyatini samarali yuritishda press-reliz tayyorlash shartlari, press-kitning ahamiyati, inqirozli vaziyatlardan qanday chiqib ketish, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Qiziqarli bahs-munozarlarga boy bo‘lgan seminarda matbuot kotiblari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tadbir davomida har bir korxona faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlarni va erishilayotgan yutuqlarni o‘quvchilarga yetkazishda ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari kombinatning shonli muzeyi bilan tanishib, OKMK haqida tasavvurga ega bo‘lishdi.
Dunyodagi eng yirik konlardan biri sanalgan Qalmoqqir koni, kondagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni matbuot kotiblarini hayratlantirdi.
Seminar-trening ishtirokchilarining navbatdagi manzili 3-Mis boyitish fabrikasi bo‘ldi.
OKMKda amalga oshirilayotgan megaloyiha doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvatlari,o‘rnatilayotgan texnologik uskunalar, fabrikaning hudud taraqqiyoti rivojidagi o‘rni haqida matbuot kotiblariga batafsil ma'lumot berildi.
Seminar-trening davomida faol ishtirok etganlarga sertifikatlar topshirildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxonalari axborot xizmatlari o‘zaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha bu kabi tadbirlarin ko‘proq o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Axborot xizmati