"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Mis boyitish fabrikasida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida 2025-yil yakunlari bo‘yicha rahbariyat, bosh mutaxassislar, sex rahbarlari, mutaxassislari, ishchi-xodimlari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mis boyitish fabrikasi bosh muhandisi Alisher Ahmadaliyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda MBF mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Turg‘unov hamda ishlab chiqarish nazorati sektori boshlig‘i Nasrulla Ergashevlarning 2025-yil yakunlari bo‘yicha sexlardagi mehnat muhofazasi va sanoat havfsizligi holati, 3 pog‘onali nazoratning 3-pog‘onasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tanqidiy hisobotlari tinglandi. Tegishli mutassaddi xodimlarning faoliyatidagi kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘yicha tahlil qilinib, bosh muhandis tomonidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir davomida fabrika kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Alimov mehnat muhafazasi bo‘yicha vakillarning faoliyatini joriy yilda yana-da samarali tashkil etish zarurligi, vakillarga faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish kerakliga hamda eng faollari rag‘batlantirib borilishini tushuntirib o‘tdi.
Barcha mutaxassislarga inson hayoti va sog‘lig‘i himoyasi birinchi o‘rinda ekanligi, ularga xavfsiz mehnat sharoitlari yaratib berishda hamma birday mas’ul ekanliklari ta’kidlandi.
Axborot xizmati