• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish lozim

10 Iyun 2025, 8:38 2621

Kuni kecha Markaziy apparat mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Sh.Juraev raisligida Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida OKMKda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

 Yigʻilishda kombinat tarkibiy boʻlinmalarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi hamda ishlab chiqarish nazorati boʻyicha mutaxassislar qatnashdi.

Tadbirda joriy yilning 5 oyida davomida kombinat tarkibiy boʻlinmalartda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida amalga oshirilgan profilaktika ishlar sarhisobi, Mis boyitish fabrikasida sodir boʻlgan baxtsiz xodisaning asosiy sabablari  muhokama etildi.

Shuningdek, tadbirda  baxtsiz hodisani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi tomonidan 2025 yil 2 iyun kuni ishlab chiqarish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan apparat yigʻilishida mehnat muhofazasi sohasini ishlarini samaradoligini oshirish va baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan topshiriqlar haqida va tarkibiy boʻlinmalarda tibbiy koʻriklarni sifatli oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.

Hisobot davri davomida kombinat tarkibiy boʻlinmalarida 8 ta baxtsiz hodisa sodir boʻldi. Angren kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, Chodak kon boshqarmasi kabi tarkibiy boʻlinmalarda ishlab chiqarishda jarohatlanish koʻrsatkichlari boʻyicha oʻsish qayd qilingan.

Kombinat tarkibiy boʻlinmalarida “Olmaliq KMK” AJda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq oʻtkazilib kelinayotgan mehnatni muhofaza qilish holatining uch pogʻonali nazoratining uchinchi pogʻonasi, maqsadli va tezkor tekshiruvlari belgilangan tartibda oʻtkazilmayotganligi qayd etildi. Jumladan, 5 oy davomida oʻtkazilgan tahlil natijalariga muvofiq Qalmoqqir KB, Angren KB, Shaxtaqurilish boshqarmasi, Chodak KB, Xandiza KB, Ohak zavodi, MBF, MEZ, Trest, Elektr tarmoqlari boshqarmalartda maqsadli va tezkor tekshiruv yakuni boʻyicha qabul qilingan buyruqlar soni kamligi aniqlandi. ATB, TTB, Rux zavodi va MTMZlarda MM va XT boʻlimi tomonidan 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, qabul qilingan buyruqlaridan ushbu tarkibiy boʻlinmalarda MM va SX boʻyicha ishlar toʻgʻri va tizimli yoʻlga qoʻyilganlini boʻyicha boshqa tarkibiy boʻlinmalarga namuna sifatida koʻrsatildi.

Baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida tarkibiy boʻlinmalar MM va XT mutaxassislari tomonidan mehnatni muhofaza qilish holatining uch pogʻonali nazorati tekshiruvlari samaradorligini joriy yil 5 oyiga nisbatan yanada oshirish boʻyicha tegishli korsatmalar berildi.

Kombinat boshqaruv raisi topshirigʻining ijrosini ta’minlash maqsadida tarkibiy boʻlinmalarning ishchilarini mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boʻyicha qayta tayyorlash ishlarini sifatli amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Tadbirda MBF bosh muhandisning MM va XT boʻyicha oʻrinbosari v.b. M.Turgʻunov soʻzga chiqib MBFda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tafsiloti va dastlabgi sabablari toʻgʻrisida yigʻilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Mas’ullar tomonidan kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda mehnat muhofazasi sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish va tizimlashtirish maqsadida Markaziy apparat MM va SX boʻlimiga, Ishlab chiqarish nazorati byurosiga va kombinat tarkibiy boʻlinmalar rahbar va bosh mutaxassislariga, MM va XT, ICHN muhandislariga tegishli topshiriqlar berildi.

Iroda Almatova,

Markaziy apparat mehnat muhofazasi

va sanoat xavfsizligi boʻlimi muhandisi

 

Bo`lishmoq:
Text to speech