Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi: sarhisob va galdagi vazifalar

17 Dekabr 2025, 8:11 1287

Joriy yilning 11-dekabr kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi faollar zalida Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha OKMKda 2025-yil 11 oy yakunlari hamda 2026-yil uchun vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Sh.Jo‘rayev, Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i B.G‘ulomov hamda, Markaziy apparat Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi xodimlari, kombinat tarkibiy bo‘limlari mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bulimlari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda kombinat bo‘linmalari kesimida 2025-yilning 11 oyi uchun MM va SX holati, 2026-yil uchun vazifalar, MM va SX ta’minlash maqsadida bo‘linmalarning toshqinlarga va qishki davrga tayyorgarligi, kombinatning 2026-yilga mo‘ljallangan MM va SX sohasidagi siyosati, bo‘linmalar xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha ishlarni tashkil etish, kombinatning barcha bo‘linmalarida 1-va 2-pog‘onali nazorat tekshiruvlari modulini joriy etish (raqamlashtirish), kombinat obyektlarida ishlab chiqarish nazorati masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2025-yilning 11 oyi davomida ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar oldingi olish bo‘yicha Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan tarkibiy bo‘linmalarda jami 65 ta tekshiruv, shu jumladan 36 ta audit va 29 ta maqsadli tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvlar davomida 3695 ta qoidabuzarlik aniqlangan, ulardan 52%i tashkiliy va 48%i texnik qoidabuzarliklardir. Audit natijalari bo‘yicha 32 ta buyruq chiqarilib, 259 nafar muhandis texnik xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi. Ammo olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, hisobot davrida 12 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda kombinatning tarkibiy bo‘linmalarida uchinchi pogona tekshiruvlari tahlili ham taqdim etildi.

Tadbir davomida toshqinlar va qish mavsumida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish bo‘yicha vazifalarning ijrosi, 2025-yilda ishchilarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Kombinatda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni ro‘yxatga olish tartibini tartibga solish maqsadida ushbu ma’lumotlar "Yagona milliy mehnat tizimi"ga kiritish markazlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi bildirildi.

Yig‘ilishda sohaga mas’ullar o‘z ishlarina jiddiy yondashishlari ta’kidlandi.

Iroda Almatova,

OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech