• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: Ish joyida sunhiy intellekt va raqamlashtirishning roli"

30 Aprel 2025, 16:44 3617

Joriy yilning 29-aprel kuni "Metallurg" madaniyat saroyida Butunjahon mehnat muhofazasi kuniga bag’ishlab "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: Ish joyida sunhiy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusidagi seminar o‘tkazildi.

OKMK bosh muhandisi Sergey Larionov olib borgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inseksiyasi, Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, shuningdek OKMK tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, bosh muhandislari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Sergey Larionov so‘zga chiqib, mehnat muhofazasini takomillashtirish bugungi kunda nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda, balki inson salomatligini muhofaza qilishda ham muhim omillaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Seminarda 2024-yilda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilga mo‘ljallangan vazifalar shuningdek, kasb kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi kombinat mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayevning hisoboti tinglandi.  

So‘zga chiqqanlar ish joylarida xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlarining tobora kengayib borayotgani haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Seminarda sana munosabati bilan bir guruh soha vakillari Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlaishdi.

Tadbir doirasida maxsus kiyim-kechak va shaxsiy himoya vositalari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar Yoshlik I va Qalmoqqir konlariga tashrif buyurib, u yerda ishchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari hamda xavfsizlik choralari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 

Keyingi manzil 3-Mis boyitish fabrikasi bo‘ldi. Mehmonlar fabrikaning qurilish jarayonlari va xodimlar uchun yaratiladigan mehnat sharoitlari, xavfsizlik texnologiyalarini integratsiya qilish rejalari haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.

Seminar so‘nggida ishtirokchila Muhandislik maktabi faoliyati bilan ham tanishishdi.

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan seminar zamonaviy texnologiyalar asrida sanoat xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli yondashuvni shakllantirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech