"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun OKMK markaziy apparatida 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, kombinat mas’ullari, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
- Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun belgilangan barcha ishlab chiqarish vazifalarini bajarilishi ta’minlandi, - deydi Abdulla Xursanov. - Xususan, 2026-yil yanvar-iyun holatiga ko‘ra, 30,9 trln so‘m tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz 133,3 foizga bajarildi. Kombinatning asosiy mahsuloti bo‘lgan mis katodini ishlab chiqarish prognozi 100,0 %ga ado etildi.
Birinchi yarim yillikda 493,4 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 148,6%ga bajarildi.
2026-yil uchun Investitsiya dasturiga “Olmaliq KMK” AJ bo‘yicha 7 ta yirik loyiha doirasida 294,6 mln dollar mablag‘larini o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, 6 oyda 142,8 mln dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi. Prognoz 101,9 %ga bajarilishi ta’minlandi. Mahalliylashtirish dasturi ham kombinatda samarali amalga oshirilmoqda. 2026-yilda dastur bo‘yicha 1511,1 mlrd. so‘mlik 40 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan 6 oyda 35 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 649,8 mlrd. so‘mni yoki prognozga nisbatan 102,1 foizni tashkil etdi.
2026-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 2301,5 mlrd. so‘mga yoki 13,2 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 1148,2 mlrd. so‘mni yoki 14,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Shuningdek, kombinat tomonidan birinchi yarim yillikda byudjetga 16,0 trln so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
Tadbir davomida Prezidentimizning joriy yil 13-iyul kuni Bekobod shahriga tashrifi doirasida o‘tkazilgan qora metallurgiya sanoatini yana-da rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va sohaga investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalarning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Muhokamalar davomida har bir rahbar zimmasiga ishchi-xodimlar uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
OKMK Axborot xizmati