• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi: 1-yarim yillik sarhisobi

09 Iyul 2024, 8:47 373

Joriy yilning 5-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining 2024-yil 1-yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat Kengashi raisi Feruza Hamidova olib borgan yig‘ilishda kombinat korxonalarida faoliyat yuritayotgan   Xotin-qizlar va gender  tenglik  bo‘yicha Maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi.

Tadbirda joriy yilning 1-yarim yilligida amala oshirilgan ishlar yuzasidan Maslahat kengashi raisi o‘rinbosarlari – K.Umaraliyeva, D.Usanovalarning hisobotlari tinglandi.

OKMKda bugungi kunda 8117 nafar xotin-qizlar turli vazifalarda faoliyat yuritib kelmoqda. 1070 nafardan ziyod xotin-qizlar kombinat korxonalarida mas'ul lavozimlarda, 158 nafari boshqaruv tizimida faoliyat olib borayapti.

Prezidentimizning “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi stansiyasi navbatchisi Shohida Mamadaliyeva “Mo‘'tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Rux zavodi, Velslash sexi shixtalovchisi Sayyora Kuchkarova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Respublika “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovida “Yoshlik-1” koni mis-molibden ma'danlarini boyitish bo‘yicha yetakchi muhandisi, kimyo texnologiyalari PhD doktori Nargiza Atakulova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 559 mln. so‘mlik grant mablag‘i sovrindori bo‘ldi. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Respublika Gimnastrada festivalida “Kombinat go‘zallari” jamoasi “Eng kreativ ijodkor jamoa” nominasiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Maslahat kengashi tomonidan haftaning har payshanba kuni - xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida, “Ayollar sporti kuni” deb e'lon qilingan. Bundan tashqari, “Sportni sev, sport bilan yasha”, “Sport - salomatlik garovi” shiorlari ostida turli sport mashg‘ulotlari tashkil etilib, ayollar o‘rtasida turli sport mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, kombinat ishchi xotin-qizlari ishtirokida Maslahat kengashi tomonidan yurtimizda, kombinatda amalga oshirilayotgan islohotlar, sog‘lom mafkura, halol mehnat, ma'naviy ahloqiy fazilatlar, ayollar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarlik holatlari profilaktikasi hamda zo‘ravonlik, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvlari, turli loyiha va haftaliklar o‘tkazilayapti.

“100 matonatli ayol”, “Farovon jamiyat sog‘lom mafkura bilan shakllanadi", “Mening baxtli oilam”, “Ma'rifatparvar ayollar - oila, jamiyat farovonligi bunyodkoridir”, “Yashil hayot uchun!”, “Har bir ishchidan bir kitob”, “Milliy qadriyatlar oyligi”, “O‘zligimizni unutmaylik”, “Farzandim bilan faxrlanaman”, “Bolajon kombinat”, kabi mavzularida targ‘ibot tadbirlari va amaliy seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek Maslahat kengashi tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bir birgamiz” loyihasi ham amalga oshirib kelinmoqda.

Bundan tashqari, kombinat Maslahat kengashi tomonidan maxsus telegram  guruhi shakllantirilib, xotin-qizlarning onlayn murojaatlari qabul qilinib, tezkor javob berish va qonuniy hal etish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlarimizning 10 nafari oliy ta'lim muassasasiga tavsiyanoma olishga erishdilar.

O‘tgan davr mobaynida Kengashi tomonidan Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi, Mis eritish zavodi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi, Moddiy texnik ta'minoti boshqarmasi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Issiqlik elektr markazi, Avtomobil transporti boshqarmasi, Suv ta'minoti sexi, O‘quv markazi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi  Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi faoliyatlari o‘rganilib, tegishli tartibdi tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

2024-yilning 2-yarim yilligida ham ish rejasida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish, kombinat xotin-qizlarining ijtimoiy, siyosiy, huquqiy bilim va savodxonlikni oshirishga yo‘naltirilgan targ‘ibotni kuchaytirish talab etilishi ta'kidlandi.

Telegram guruhi orqali tushayotgan ko‘plab murojaatlar mazmun-mohiyati ayollarda huquqiy savodxonlik, onlayn xizmatlardan foydalanish malakasiga ega emasligini ko‘rsatayotganligi aytib o‘tildi.

Mehnat ta'tili, tug‘ruq davridagi moddiy to‘lovlar, bolalarni bog‘chaga onlayn yo‘llanma olish va navbatga turish masalalarida ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani, bu esa joylarda ayollarga mehnat va huquqiy manfaatlarda tomonlarning majburiyatlari haqida doimiy tushuntirish ishlari olib borish lozimligini taqozo etayotgani tak'idlandi.

Tadbir davomida Ra'no Elboyeva(Olmaliqmetallurgqurilish tresti,) Dilfuza Dushaboyeva(STTB)lar ham o‘z faoliyatlari yuzasidan hisobot berishdi.

Tadbir yakunida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech