“Navoiy erkin iqtisodiy zonasida 400 kV gacha bo’lgan tikilgan polietillen izolyatsiyali kuchlanish kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida”gi investitsion loyihaga asosan 2012 yilda «HPC Systems» MChJ qo’shma korxonasi tashkil etildi. Qo’shma korxonaning Ustav fondi 18,8 mln. doll., tashkil etib, OKMKning ulushi(50%), “O’zkabel” AJ qo’shma korxonasi(25%) va “Gulf Cable Trading Company” (XHR)(25 %)dan iborat bo’ldi.
Batafsil
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 may 2013 yildagi №118 sonli “Jizzax” maxsus iqtisodiy zonasi hududida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etish to’g’risida”gi qaroriga asosan 2013 yilda OKMKning ulushi(50%), “Peng Sheng”(O’zbekiston QK MChJ (17%) va “Wenzhou Jinsheng Trade Co., LTD” (XHR) (33%)dan iborat bo’lgan «AWP»MChJ qo’shma korxonasi tashkil etilgan.