Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33STTB “Olmaliq KMK” AJning tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. 1953 yili tashkil etilgan bo‘lib, 4ta temiryo‘l sexidan, 6ta xizmat va ma'muriy-xo‘jalik qismidan iborat.
1-sonli temiryo‘l sexi – Asosiy faoliyati – “Qalmoqqir”, “Yoshlik-1” konlaridan Mis boyitish fabrikasi va 2-MBFga hamda otvallarga rudalar va tog‘ jinslarini texnologik tashishni amalga oshiradi.
2-sonli temiryo‘l sexi - Asosiy faoliyati - “Sariq Cho‘qqi” konidan Mis boyitish fabrikasiga, 2-Mis boyitish fabrikasia rudalarni tashiydi. Mis eritish zavodidan shlaklarni 2-MBFga yetkazib beradi. Shuningdek, “Olmaliq KMK” AJga keladigan xalq xo‘jaligini yuklarini tashiydi va kombinat tayyor mahsulotlari ham aynan shu sex orqali chiqib ketadi. Kombinat tarkibiy bo‘linmalarining texnologik tashuvlarini ham amalga oshiradi.
3-sonli temiryo‘l sexi - Asosiy faoliyati – elektrovozlar, teplovozlar, yo‘l va avtotraktor texnikalarining ta'miri.
4-sonli temiryo‘l sexi - Asosiy faoliyati - temiryo‘llarni qurilishi, joriy va kapital ta'miri hamda saqlash.
Noruda qurilish materiallari karyeri – Ushbu karyerda “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalari ehtiyojlari uchun 5-20 mm, 20-40 mm fraksiyadagi sheben va 0-5 mm fraksiyadagi qum ishlab chiqaradi.
Energota'minoti xizmati – Asosiy faloiyati elektr uzatish liniyalari, muhandislik kommunikatsiyalari va santexnikalar, kontakt tarmoqlar ta'miri va xizmat ko‘rsatish.
Ko‘tarma-transport uskunalari xizmati. Asosiy faoliyati - dastgohlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, ko‘prik kranlari va temir yo‘lda ishlash.
Vagon xizmati – Asosiy faoliyati – STTB vagon parkida ta'mir va xizmat.
Signalizatsiya, markazlash bloklash va aloqa xizmati. Asosiy faoliyati - STTBda qo‘llaniladigan barcha aloqa turlari va SSB uskunalari ta'mir va saqlash.
Ma'muriy-xo‘jalik qism – Asosiy faoliyat – tovar moddiy boyliklarini berish, olish, saqlashni ta'minlash, tegishli hudduddagi maishiy binoni sanitar holatini saqlash.
Noruda materiallarni yuklab, jo‘natish va qazib olish bo‘yicha xizmat. Asosiy faoliyat – “Sharxiya” karyeridan Mis boyitish fabrikasining qo‘shilgan chiqindi to‘plash omboriga noruda materiallarni yuklab, jo‘natish va qazib olish, shuningdek, MBF otvalidan 2-MBFga temiryo‘l sostavida shlaklarni yuklab, jo‘natish.
Ichki qo‘riqlash xizmati. Asosiy faoliyat – STTB sexlari obyektlarini, uchastkalarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish va qo‘riqlash, ichki rejimga rioya qilishni ta'minlash, tarkibiy bo‘linmalarida mulkni himoya qilish va saqlash.
Texnika va temiryo‘l xo‘jaligi
Temiryo‘l stansiyalari - 13. Temiryo‘llarning umumiy uzunligi - 257 km, ulardan 221,6 km i elektrlashtirilgan.
STTB balansida tortuv agregatlari, teplovozlar, dumpkarlar, platformalar, sisternalari, xopper/dozatorlar, maxsus o‘zi yurar texnikalar, avtotexnikalar, traktorlar, temiryo‘lda yuradigan kranlar mavjud.
Boshliq v.b.: Manazarov Sirojiddin Nuriddinovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz