• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

1-darajali o'qchi

18 Iyun 2025, 15:11 5224

2025-yilning 18-iyundan 23-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmatiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Ish sharoitlari:

  • Oylik ish haqi: "Olmaliq KMK" AJ xodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasiga asosan.
  • Kerakli ish staji: talab etilmaydi.
  • Bandlik: toʻliq kun.
  • Doimiy yashash joyi: Oʻzbekiston Respublikasida doimiy.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

  • Erkaklar: safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni yoki haqiqiy harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlganlar.
  • Ayollar: 40 yoshdan oshmagan, salomatligi holati boʻyicha yaroqli boʻlganlar.
  • Tillar: davlat (oʻzbek) va rus tillarini ravon bilish (chet tili – ingliz tilini bilishi afzallikka ega).
  • Maxsus tayyorgarlik: talab etilmaydi.

Qoʻshimcha shartlar:

  • Istiqbollar: kelgusida ushbu sohada muvaffaqiyatga erishgan nomzodga oylik ish haqi va ijtimoiy imtiyozlarni oshirish masalasi koʻrib chiqiladi.
  • Hamkorlik shartlari:keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
  • Ish tartibi boʻyicha IHQX nizomi, ichki mehnat tartibi qoidalari va oʻqchining ishchi yoʻriqnomasi boʻyicha ishlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech