Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

1-toifali muhandis-dasturchi (аxborot texnologiyalari xizmati)

18 Iyul 2025, 15:15 1841

2025-yilning 18-iyuldan 21-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi   Ishlab  chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Ma’lumot: oliy yoki o'rta maxsus;
  • Ish staji: Oliy ma’lumotga yoki tegishli sertifikatlarga ega bo’lganlar uchun ish tajribasi talab etilmaydi;
  • o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lganlar uchun IT sohasi bo'yicha kamida 1 yil.

Vazifalar:

  • Matematik modellar va algoritmlarni tahlil qilish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish (iqtisodiy yoki boshqa amaliy masalalarni hal qilishga doir);
  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun algoritmlar ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • Zamonaviy dasturlash tillaridan kamida bittasini (masalan: Python, Java, C#, JavaScript, PHP va boshqalar) amaliy darajada bilish;
  • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash: MySQL, PostgreSQL, Oracle, MS SQL Server, SQLite va boshqalar bo‘yicha asosiy tushunchalarga ega bo‘lish;
  • Dasturiy xatoliklarni aniqlash, tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • Dasturiy mahsulotlar uchun texnik va foydalanuvchi hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
  • Tayyor dasturiy vositalarni tahlil qilish va ular asosida yangi yechimlar ishlab chiqish salohiyatiga ega bo‘lish;
  • Yaratilgan va joriy etilgan dasturiy mahsulotlarni texnik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Texnik topshiriqlar asosida mustaqil ishlay olish va jamoaviy loyihalarda ishtirok etish;

Ko'nikmalar:

  • kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
  • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni boshqarish bo'yicha texnik muammolarni hal qilishda dasturlash tillaridan foydalanish;
  • vazifaning mohiyatini aniq va tushunarli ifoda etish qobiliyati;
  • texnik hujjatlar, ko'rsatmalar va me'yoriy materiallar bilan ishlash;
  • hisobotlarni tayyorlash;
  • texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
  • jamoada ishlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech