Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ta’mirlovchi-chilangar

10 Oktyabr 2025, 9:11 1849

2025-yilning 10-oktyabrdan 17-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodiga  quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Jadvalga muvofiq texnologik uskunalarni ta’mirlash va profilaktik xizmat ko‘rsatish.
  • Agregatlar, uzel va detallarni demontaj va montaj qilish.
  • Nosozliklarni bartaraf etish va uskunani sozlash.
  • Muayyan mashinalar va mexanizmlarning ishlash holatini kuzatib borish.
  • Eskirgan detallarni ajratib olish, yig‘ish va almashtirish ishlarini bajarish.
  • Ta’mirlangan uskunani sinovdan o‘tkazish va sozlash ishlarida ishtirok etish.
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish.
  • Avariya holatlarida tezkor choralar ko‘rish va nosozliklarni bartaraf etish.

Talablar va ko‘nikmalar:

  • Texnik yo‘nalish bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot;
  • Texnologik uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ekspluatatsiya qoidalarini bilish;
  • Ta’mirlash, sozlash va yo‘lga qo‘yish usullarini bilish;
  • Chizma, sxema va texnik hujjatlarni o‘qish ko‘nikmasi;
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
  • Chilangarlik asboblari va o‘lchash uskunalari bilan ishlay olish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech