• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

1-toifali muhandis-konstruktor

12 Iyul 2024, 14:8 3912

2024-yil 12 iyuldan 26 iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Loyiha ishlari boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi - “Olmaliq KMK” AJ tarif setkasi boʻyicha aniqlanadi;
  • Talab qilinadigan ish staji: muhandis-texnik lavozimlarda;
  • Ish bilan taʼminlash: toʻliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

Transport va bosh loyiha sektori

  • Loyiha ishlarini, loyihaning ma'lum bir qismini belgilangan muddatda va sifatli bajarish;
  • Loyihalarni fan va texnikaning yangi yutuqlari, loyihalash va korxonalarni ishlatish bo`yicha mamlakatimizning va chet el tajribalarini  hisobga olgan holda ishlab chiqarish;
  • Loyihalarni texnik hisob-kitobini bajarish;
  • Ishlab chiqilgan loyihalarni buyurtmachi bilan kelishish, bajarilayotgan ishlar bo`yicha mualliflik nazorati o`rnatish.

Arxitektura-qurilish bo'limi

  • Loyiha ishlarini, loyihaning arxitektura-qurilish qismini belgilangan muddatda va sifatli bajarish.

Talablar:

  • Jamoada ishlashda o'zaro hurmatni saqlash;
  • Ta'lim: oliy kasbiy (texnik);
  • Ish staji: muhandislik-texnik lavozimlarda kamida 1 yil;
  • O'zbek tili va grammatikasini mukammal bilish;
  • Chet tillarini bilishi eʼtiborga olinadi.  

Asosiy  ko'nikmalar:

  • Loyihalash;
  • Joriy ishlarni rejalashtirish, ishlarni tahlil qilish;
  • Ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish;
  • Kompyuter uskunalarini boshqarish, AvtoKAD dasturida mustaqil ishlash;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (IKT) foydalanish;
  • Ofis  jihozlaridan foydalanish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech