• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmati elektrmexanigi

17 Oktyabr 2024, 14:28 3026

2024-yilning 18-oktabrdan 25-oktabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ  Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish xaqi – MBF ishchilarining belgilangan shtati soat tarif stavkasiga asosan aniqlanadi.
  • Bandligi: to‘liq ish kuni.

Vazifalari:

  • Texnologik qurilma (Avtomatlashtirilgan nasos-gidrosiklon qurilma) – ANGQ ning avtomatika vositalari va priborlarini texnik ekspluatatsiya qilish.

Ish tarkibi:

  • ANGQ ning texnologik rejim parametrlarini nazorat va rostlash sxemalari; ijro mexanizmlarining boshqaruv sxemalari ; nasoslaring avtomatlashtirilgan elektryuritgich (chastota o‘zgartgich)larining boshqaruv sxemalari; tashkil topgan avtomatlashtirish majmu’asiga- kundalik va davriy texnik xizmat ko‘rsatish.
  • ANGQ ning avtomatlashtirish majmui tarkibidagi avtomatlashtirish sxemalaridagi nosozliklarni diagnostika va bartaraf qilish.
  • ANGQ ning avtomatika vositalari va priborlarini joriy ta’mirlash ishlarinibajarish.

Malaka talablari:

 Ma’lumoti: O‘rta maxsus yoki oliy texnik.

Mutaxassislik - avtomatlashtirish, nazorat o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish, elektromexanika yoki elektrotexnika.

 Bilim va ko‘nikmalarga talablar:

  • Texnik va me’yoriy hujjatlar bilan ishlay bilishi – loyihaviy hujjatlarni (sxemalarni, loyihada shuningdek avtomatika vositalarining ishlab chiqaruvchisi hujjatlarida berilgan montaj qilishga, sozlashga talab va shartlarini) o‘qiy olishi .
  • O‘lchash vositalari va nazorat o‘lchash asboblari va avtomatika priborlarining tuzilishi va qo‘llanishini, ishlash prinsiplarini bilishi .
  • nazorat o‘lchash asboblari va avtomatika priborlarini amalda kalibrlash va sozlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
  • Nazorat, rostlash va boshqaruv sxemalaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish uslublaridan boxabar bo‘lishi.
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va personal kompyuter sohasidagi bilim va ko‘nikmalari – tajribali foydalanuvchi darajasida.

 Shartlari:

- kelgusida, ushbu kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli nomzodga oylik maoshini oshirish,

-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi;

- kelajakda xamkorlik sharoitlari muxokama qilinadi

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech