Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

1-toifali muhandis-dasturchi (ТJBTA xizmati)

18 Iyul 2025, 14:55 1418

2025-yilning 18-iyuldan 21-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi   Ishlab  chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalar:

Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash:

  • Dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlarning (PLC) matematik va dasturiy ta'minotini qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish;
  • TJBTA uchun dasturiy va matematik ta'minotni ishlab chiqish;
  • Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun qo'yilgan vazifalarni algoritmlash;
  • TJBTAning alohida axborot yo'llarini tekshirish uchun mahalliy dasturlarni tayyorlash va sinovdan o'tkazish.

TJBTAni loyihalash va joriy etish:

  • TJBTAni, uning alohida bosqichlari va quyi tizimlarini loyihalash uchun ma'lumotlarni tayyorlashda va texnik topshiriqlarni tuzishda ishtirok etish;
  • Tizimning alohida elementlari uchun yechimlarni standartlashtirish imkoniyatlarini aniqlash;
  • TJBTAni loyihalashda standart bloklardan foydalanish bo'yicha takliflar tayyorlash va ularni yaratishda ishtirok etish.

Normativ talablar va qoidalarga rioya qilish:

  • Ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish;.
  • Mehnatni muhofaza qilish (MM) bo'yicha ko'rsatmalarga amal qilish;
  • Korxonaning ichki me'yoriy hujjatlariga rioya qilish.

Talablar:

  • Tegishli yo'nalish bo'yicha oliy yoki o'rta-texnik ma'lumot;
  • Ish staji talab etilmaydi.

Ko'nikmalar:

  • Dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlarning (PLC) va SCADA tizimlarini ishlab chiqish tajribasi;
  • Shaxsiy kompyuterda yuqori darajadagi foydalanuvchi sifatida ishlash va ofis texnikasidan foydalana olish;
  • Ishbilarmonlik muloqoti ko'nikmasi;
  • Step 7, WinCC, Tia Portal, Codesys 3.5 va boshqalar kabi turli dasturlash muhitlarini bilish.

Asosiy ko'nikmalar:

  • TJBTA tizimlarini qurish;
  • Avtomatlashtirishning funksional sxemalarini o'qiy olish;
  • TCP/IP ma'lumotlar uzatish tarmog'ini qurish;
  • IEC-61131-3 standartiga muvofiq dasturlash tillarini bilish (LD, FBD, ST, IL, SFC);
  • SCADA tizimlarini yozish (boshqaruv, qayd yuritish, arxivlash, vizualizatsiya).

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimdagi muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqalarni oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech