• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Avtomatik nazorat rostlash sozlash va boshqarish asboblar va apparaturalar montajchisi

20 Avgust 2024, 15:0 2222

2024-yil 20 avgustdan 26 avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
  • Kerakli ish tajribasi: mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Kasb majburiyatlari:

  • Avtomatik va elektr uskunalarni montaj qilish;
  • Nazorat va kuch kabellarini montaj qilish.

Asosiy vazifalar:

  • Xizmat ko‘rsatiladigan nazorat o'lchov asboblarini tuzilishi va unga xizmat ko'rsatishni bilishi;
  • Montaj elektr va prinsipial chizmalarni o'qiy olishi;
  • Elektr asboblarda (bolgarka,drel,perforator) ish olib borishni mukammal bilishi;
  • Balandlikda ishlaganda 5m va 10m dan yuqori maxsus ishlarni bajara olishi;
  • Nazorat kabellarini ulashni bilishi kerak.

Kvalifikatsion talablar:

  • Malumot o'rta maxsus (NO'AvaA sozlovchisi elektrik diplomi bo'lishi shart);
  • Elektrik yoki No'vaa sozlovchisi kasbi bo'yicha 2 yil ish staji;
  • Elektronika va elektrotexnika bo'yicha maxsus bilim darajasi;
  • Elektr uskunalar yoki balandlikda ishlashda tibbiy nuqsoni bo'lmasligi shart;
  • Prinsipial va funksional chizmalarni o'qiy olishi;
  • Nazorat kabellarni ulashni bilishi kerak;
  • Metallokonstruksiyalarni yasashda ishlatiladigan metall va quvurlarni nomenklaturasini bilishi kerak;
  • Metalkonstruksiyalarni yasay olishni amaliy bilishi kerak;
  • Tibbiy ko'rik xulosasiga ko'ra balandlikda va maxsus ishlarni bajarish uchun ish layoqatli deb topilishi kerak.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech