I toifali muhandis dasturchi (Avtomatlashtirish bo’yicha)
28 Yanvar 2025, 16:53
2460
2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.
Talablar:
- Ma'lumoti: oliy yoki o'rta maxsus texnik;
- Ish tajribasi: Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo'yicha kamida 1 yil;
- Dasturlashning asosiy tamoyillari;
- Dasturlash tillarining funksiyalari va imkoniyatlari;
- Xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ishlatiladigan dasturiy vositalarni bilish (matn protsessorlari, elektron jadvallar, elektron pochta, Internet, axborot-qidiruv tizimi, multimedia dasturlari);
- Axborotni avtomatik qayta ishlash va saqlash usullarini bilish;
- Kompyuter texnologiyalari vositalarini bilish, ma'lumotlarni to'plash, uzatish va qayta ishlash, ularning texnik va ekspluatatsion xususiyatlari, konstuktiv xususiyatlari, foydalanish maqsadi va qoidalari;
- Texnik va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va loyihalash tartibi;
- Texnik hujjatlar standartlarini bilish;
- Siemens PLC dasturlash muhitida ishlash qobiliyati, (Tia Portal, PCS7)
- Siemens uskunalari bilan ishlash tajribasi.
Vazifalari:
- Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni (PLC) amaldagi dasturlarini nazorat qilib va dastlabki matematik ta’minotini rivojlantirish;
- TJBTA tizimlarini va aloxidagi etaplarini loyixalashtirishda zarur bo’lgan hujjat va texnik topshiriqlarini tayyorlash;
- Topshiriqlarni algoritmlash bo'yicha ishlarni bajaradi, tizimning alohida elementlarini tanlash uchun terish variantlarini aniqlaydi, jarayonlarni boshqarish tizimlarini loyihalashda blok turlaridan foydalanish bo'yicha takliflar tayyorlaydi va ularni aniqlashda ishtirok etadi
- Ichki mehnat qoidalariga, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalarga, korxonaning ichki me'yoriy hujjatlariga rioya qilish;
Konikmalari:
- Dasturlashni bilish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish (AKT);
- Orgtexnikani foydalana bilish;
- Ishbilarmonlik muloqoti;
- Sanoat kontrollerlari bilan ishlash, SCADA tizimlarini yozish qobiliyati. Step 7, WinCC, Codesys kontrollerlari bilan ishlash dasturlarini bilish;
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).