Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Rentgen-spektral laboratoriyasi ta’mirlash guruhi boshlig’i

28 Yanvar 2025, 9:41 1133

2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Ma'lumoti: oliy texnik;
  • Ish tajribasi: NO’AvaA yoki elektrotexnika sohasida kamida 3 yil;
  • Davlat tilini bilish;
  • Chet tilini bilishi etiborga olinadi;

Asosiy ko’nikmalar:

  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlay olish;
  • Spektral uskunalari va namuna olish va namuna yetkazish uskunalarini o'rnatish, ta'mirlash, sozlash va ishlatishni bilish;
  • Mustaqil ravishda yozma fikr bildira olish, uslubiy tavsiyalar tuzish;
  • Qo'l ostidagi xodimlar bilan aloqa qila olish;
  • Texnik hujjatlar, ko'rsatmalar va qoidalar bilan ishlay olish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalana olish;
  • Tashkilotchilik qobiliyatlari;
  • Elektr sxemalarini o'qishni bilish;
  • NO’AvaA ni bilish;
  • Avtomatlashtirishning funktsional diagrammalarini o'qish qobiliyati.

Kasb majburiyatlari:

  • Rentgen spektral laboratoriya uskunalari ta'mirlash ishlarini boshqarishni ta'minlaydi.
  • Rentgen-spektral asbob-uskunalar, o‘lchash vositalarini (ampermetrlar, bosim o‘lchagichlar va boshqalar) tekshirish va qurilmalarni rejali-ogohlantiruv ta’mirlash jadvallarini tuzadi. Rentgen-spektral laboratoriyasi ta’mirlash guruhining yillik ish rejasini ishlab chiqadi.
  • Ta'mirlash guruhi ishi uchun zarur bo'lgan materiallar va asbob-uskunalarga oylik talabnomalar tayyorlaydi.
  • O’ziga bo'ysunuvchi xodimlarga kundalik ish topshiriqlarini beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
  • Rentgen-spektral uskunalarni sertifikatlash va ish joylarini attestatsiyadan o’tkazishda ishtirok etadi.
  • Yangi keltirilgan uskunalarni qabul qilish va ishga tushirishda ishtirok etadi.
  • RSA ta'mirlash guruhi faoliyati bilan bog'liq hujjat ishlarini yuritadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech