• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ishlab chiqarish uchastkasi ustasi

28 Yanvar 2025, 8:54 1507

2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Rejaviy vazifalarining bajarilishini ta’minlash (smena), mehnat unumdorligini oshirish, talab va texnologik koʻrsatmalarga muvofiq mahsulot sifatini ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning har bir yoʻnalishi uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish. Xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish;
  • Oʻrnatilgan texnologiya, ishlab chiqarish va mehnat intizomiga, ish joyida tozalik va tartibga qat’iy rioya qilish;
  • Ishlab chiqarish obyektlaridan maksimal foydalanish, uskunalardan toʻliq foydalanish va toʻgʻri foydalanish, smenada barcha ishchilarning samarali mehnati;
  • Ishda noxush hodisa va ishlamay qolishning oldini olish, xom ashyoni yoʻqotish, yoqilgʻi, energiya, materiallar va ularning sabablarini bartaraf etish;
  • Rejaviy ta’mir jadvalini bajarish uchun tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
  • Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish.

Talablar:

  • Oliy ma'lumot - muhandislik-texnik lavozimlarda boyitish mutaxassisligi bo'yicha kamida 1 yil; o'rta texnik ma'lumot - muhandislik-texnik lavozimlarda boyitish mutaxassisligi bo'yicha 5 yil;
  • Oliy va o'rta texnik ma’lumotli texnik ta’lim yoʻnalishi;
  • Word, Excel va boshqa dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
  • Davlat va rus tillarida ravon soʻzlasha olish;
  • Fabrikaning texnologik parametrlarini bilish;
  • Mis boyitish fabrikasi faoliyatiga taalluqli boʻlgan qonunlar, metodik adabiyotlar, hujjatlashtirishni bilishi shart.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Qoʻlostidagi jamoani boshqarish;
  • Hujjatlar bilan ishlash;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish;
  • Ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish;
  • Ishlarning sifat nazoratini amalga oshirish;
  • Bajarilgan ishlarni baholash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu