Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Konveyer mashinisti

28 Yanvar 2025, 9:3 2086

2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Ishlab chiqarish ob'ektlarida konveyer uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish, nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ishlarni bajarish;
  • Konveyerlarning ishlashi ustidan nazorat qilish, shuningdek ularga texnik xizmat ko’rsatish;
  • Kichik ta’mirlash, asbob-uskunalarni ishga tushirish va to’xtatish ishlarini amalga oshirish;
  • Xizmat koʻrsatadigan ish maydoni va konveyerning umumiy uzunligi boʻylab uzilishlarsiz konveyerning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Talablar:

    Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;

  • Ish tajribasi:
  •  Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  •  O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Tashilayotgan mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari;
  • Ishlatiladigan mashina moylari;
  • Konveyerning ishlash prinsipi;
  • Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
  • Turli xil dizayndagi konveyerlar bilan ishlash koʻnikmalari;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi. 

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech