• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Aloqa elektromexanigi

01 Iyul 2025, 13:32 962

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • O‘rta maxsus yoki oliy texnik ma’lumot (aloqa, telekommunikatsiya, avtomatika yo‘nalishlari);
  • Mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Elektrik va printsipial sxemalarni bilish, o‘lchov va montaj asbob-uskunalar bilan ishlash tajribasi;
  • Xizmat ko‘rsatiladigan uskuna tuzilmasi, ishlash prinsipi va sozlash usullarini bilish;
  • Ekspluatatsiya qilish bo‘yicha texnik shartlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
  • Aloqa uskunalarini (analog va raqamli) ekspluatatsiya qilish tajribasi;
  • Telekommunikatsiya uskunalarini tashxislash, ta’mirlash va sozlash ko‘nikmalari;
  • IP tarmoqlar asoslarini bilish;
  • Funktsional sxemalarni o‘qish ko‘nikmasi;
  • Elektrtexnika, elektronika va radiotexnika asoslarini bajarayotgan ish doirasida bilish.

Vazifalar:

  • Kommutatsiya uskunalari va tarmoq komponentlarini montaj qilish va sozlash;
  • Reja asosidagi profilaktik ta’mirlash ishlarini o‘tkazish (ППР);
  • Apparatlar ish rejimlarini sozlash va tartibga keltirish;
  • Yangi aloqa liniyalarini (shu jumladan optik tolali va mis kabel liniyalari) o‘rnatish va ulash;
  • Ma’lumot uzatish kanallarini tashkil etish va sozlash;
  • Liniyalarni testdan o‘tkazish, sozlash va tiklash.

Asosiy ko'nikmalar:

  • Ethernet, optik tolali va mis aloqa liniyalari bilan ishlash tamoyillarini bilish;
  • Elektr va elektron qurilmalar, sxemalar va tarmoqlarning ishlash prinsiplari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
  • Sxemalar va texnik hujjatlarni o‘qish ko‘nikmasi;
  • Avtomatlashtirish tizimlaridagi nosozliklarni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha ko‘nikmalar;
  • IP tarmoqlar va aloqa protokollari bo‘yicha asosiy bilimlar.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech