Bunkerlovchi, konveyer mashinisti va nasos qurilmalari mashinisti
18 Aprel 2025, 16:5
6241
2025-yilning 18-apreldan 25-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Malakaviy talablar:
- Ma’lumoti: oliy yoki o‘rta-maxsus: konchilik ishi; foydali qazilmalarni boyitish; kimyoviy texnologiya.
- Ish tajribasi – talab qilinmaydi.
- Yuqori harorat va shovqin mavjud sharoitda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan holda ish hududida ishlash.
- Smena jadvaliga muvofiq ish tartibi, dam olish va bayram kunlarida ishga jalb qilinish ehtimoli mavjud.
- Yuqori shovqin va tebranish mavjud sharoitda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash.
- Zarurat bo‘lganda — o‘qitish va malaka oshirish.
Kasb majburiyatlari:
- Materiallarni yuklash va tushirish jarayonini nazorat qilish.
- Xizmat ko‘rsatiladigan uskunalardan foydalanish va ularning sozligini nazorat qilish
- Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, rejaviy va rejadan tashqari ta’mirlash ishlarini bajarish.
- Bunker va uskunalar ishlashi bilan bog‘liq zarur hisobot va jurnallarni to‘ldirish, aniqlangan barcha nosozliklarni qayd etish.
- Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uskunalar ishidagi nosozliklarni bartaraf etish.
- Agregat parametrlarini tartibga solish va sozlash yo‘li bilan texnologik jarayonning rejim ko‘rsatkichlarini ta’minlash.
- Mahsulotning texnologik liniyalar bo’yicha xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Asosiy vazifalar:
- Materiallarni bunkerlarga yuklash va tushirish jarayonini boshqarish va nazorat qilish.
- Texnologik liniyada uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatishni bilish.
- Uskunalardagi mayda nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish.
- Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimlarni sozlash va ularga xizmat ko‘rsatish tajribasi.
- Texnik muammolarni tezkorlik bilan hal etish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalari.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).