Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr uskunalarini taʼmirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi elektromonter

14 Oktyabr 2025, 15:28 1238

2025-yilning 14-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlari:

- elektrotexnik xodimdan elektr uskunalarni ekspluatatsiyaga kiritish yoki ekspluatatsiyadan chiqarish uchun topshiriq (naryad-ijozat) olish;

- elektr uskunalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish (taqsimlashkorobkalarini, himoyalagich shitlarini, yoritish apparatlarini, elektr uskunalariniqisman bo‘laklarga ajratib, changlardan tozalash, elektr detallarni artish va yuvish, o‘rnatish va ta’mirlash);

- Kabel maxsulotlarini joylashtirish (kontaktlar va kontaktlar yuza qismini tozalash, bo‘laklarga ajratish, birlashtirish, izolyatsiyalash, kavsarlash, o‘rnatiladigan simlar va kabellarni yotqizish);

- Elektr uskunalarni ulash va uzish, oddiy o‘lchov ishlarini bajarish (qarshilikni megommetr bilan o‘lsash va tekshirish);

- energetika asbob-uskunalarida yuqori ko’tarilish ishlari, balandligi 30 m dan ortiq bo’lgan machtalarda ishlash;

- Iste’molchilar elektr uskunalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga, ichki ishlab chiqarish tartibi qoidalariga, korxonaning ichki normativ xujjatlariga amal qilish;

Qo‘yiladigan talablar:

- ma’lumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy, yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta-maxsus;

- malakasi: elektromonter, elektr uskunalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish kasbi bo‘yicha 1 yildan kambo’lmagan;

-oliy malumotli shaxslarga malaka talab etilmaydi;

- o’rta maxsus shaxslarga malakaviy guruxi II dan kam bo‘lmaganligini tasdiqlovchi guvoxnoma;

Asosiy ko‘nikmalari:

Bilimlarini quyidagilarda qo‘llay olishi:

- elektrdvigatellarni, generatorlarni, transformatorlarni, kommunikatsiya va ishga tushiruvchi rostlash apparatlarini, akkumulatorlar va elektr jixozlar tuzilishi va ishlash prinsipida;

- elektrotexnik maxsulotlarning turlari va vazifalarida;

- bajarilayotgan ishlar doirasida elektr uskunalarni o‘rnatish va ta’mirlash qoidalari va usularida;

- ishlatilayotgan nazorat-o‘lchov asboblarini qo‘llanish qoidalari, nomlanishi va vazifalarini shuningdek ishlab chiqarishda ish joylarini tashkillashtirishda asosiy ma’lumotlarni qo‘llashda;

- ishlarni bajarishda mexnat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi me’yorlariga amal qilishda.

 Sharoitlari:

- kelgusida, ushbu kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli nomzodga oylik maoshini oshirish,ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi;

- kelajakda xamkorlik sharoitlari muxokama qilinadi;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech