Elektr jihozlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha elektromontyor
10 Aprel 2025, 9:30
1928
2025-yilning 10-apreldan 20-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
- Talab qilinadigan ish staji: ish staji talab qilinmaydi;
- Bandligi: to’liq ish kuni.
Majburiyatlar:
- Smena davomida sexning elektr jihozlarini ko'zdan kechirish va tekshirish.
- Elektr qurilmalaridagi nosozliklarni bartaraf etish.
- Doimiy va favqulodda yoritish uskunalarini holatini kuzatib borish.
- Yoritgichlarning lampalarini o'z vaqtida almashtirish va yoritish liniyalarini ta'mirlash.
- Zaxira va ishlayotgan uskunalar va yerlagichlarni holatini kuzatib borish.
- Operativ almashlashni amalga oshirish.
- Ta'mirlash guruhlarini naryad va farmiyish asosida ishga qo’yish.
- Uskunani ta'mirlashga tayyorlash va ta'mirlashda ishtirok etish.
- Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va Istemolchilar elektr qurilmalarini ekspluatasiya qilishda havfsizlik qoidalari, ichki mehnat qoidalari va amaldagi yo’riqnomalarga rioya qilish.
- Uskunaning ishdan chiqishi, avariya, yong'in xavfi yoki baxtsiz hodisa bo'lgan taqdirda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasiga muvofiq ishtirok etish.
Talablar va ko’nikmalar:
- Ma’lumot: Ushbu kasb bo'yicha o'rta maxsus;
- Bilimi:
- Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va Istemolchilar elektr qurilmalarini ekspluatasiya qilishda havfsizlik qoidalari;
- Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari;
- Elektr qurilmalarida ishlatiladigan himoya vositalarini qo'llash va sinovdan o'tkazish qoidalari;
- Umumiy xavfsizlik qoidalari;
- Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;
- Elektr qurilmalari bilan ishlash ko'nikmalari.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).