• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Hisoblash texnikasini ta'mirlash bo'yicha elektromexanik (Kompyuter va ofis texnikasi ta’mirlash bo’yicha mutaxassis)

04 Iyun 2025, 17:12 698

2025-yilning 4-iyundan 13-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Ma’lumot: o'rta maxsus
  • Ish staji: talab qilinmaydi
  • Kompyuterlarni, ofis jihozlarini va qo’shimcha qurilmalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha amaliy tajriba.

Vazifalar:

  • Vazifa bilan belgilangan ishni samarali va o'z vaqtida bajarish;
  • Unga biriktirilgan uskunaning yaroqliligi va xavfsizligini nazorat qilish;
  • Doimiy ravishda o'zlarning bilim va ish ko'nikmalarini darajasini oshirish;
  • 3-MBF ichki qoidalariga rioya qilish, ish joyida chekmaslik va spirtli ichimliklar ichmaslik.
  • Yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yong'in o'chirish uskunalaridan foydalana olish.
  • Jamoa o'rtasida xavfsiz ishlash qoidalarining bajarilishini nazorat qilish.

Ko'nikmalar:

  • Elektrotexnika va elektronika asoslarini bilish;
  • Nusxa ko'chirish mashinalarining turli tizimlarining ishlash tamoyillari va konstruksiyalarini bilish;
  • Zamonaviy printerlar, skanerlash qurilmalarining ishlash tamoyillari va konstruktiv xususiyatlarini bilish;
  • Mikroprotsessorlar asosidagi elektron qurilmalarning strukturaviy, elektr va boshqa xususiyatlarini bilish;
  • Mikroprotsessorli qurilmalar va mahsulotlarni diagnostika qilish va ta'mirlash usullarini bilish;
  • Windows 10, Windows 11 operatsion tizimlari va dasturlarini o'rnatish va sozlay olish;
  • Tarmoq uskunasining ishlash tamoyillarini, tarmoq protokollarini bilish;
  • Domen xizmatlari, pochta xizmatlari bilan ishlay olish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech