Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Muhandis-metrolog (nazorat o’lchov asboblari bo’yicha)

01 Iyul 2025, 13:25 1361

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

   Talablar:

  • Oliy texnik ta’lim (metrologiya va standartlashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish);
  • Metrologiya muhandisi yoki avtomatlashtirish bo’yicha kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Nazorat o'lchov vositalarini sertifikatlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini bilish;
  • O’lchov vositalarining texnik xususiyatlari, konstruktiv xususiyatlari, vazifasi va ishlash tamoyillari, o’lchov vositalarini o’rnatish va ekspluatatsiya qilish xususiyatlari, ta'mirlash texnologiyasini bilish;
  • O'lchovlarni amalga oshirish uslublari, o’lchov uslublari va vositalarining metrologik xususiyatlarini aniqlash, noaniqliklarni hisoblash formulalarini bilish;
  • Shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchi hajmida va tashkiliy texnikalarda ishlash;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Texnik hujjatlar, ma’lumotnomalar va sifat menejmenti tizimi (SMT) hujjatlari bilan ishla
  • Texnologik jarayonlar rejimli parametrlarini nazorat qilish uchun o‘lchov vositalarini tanlash.

Asosiy vazifalari:

  • 3 – Mis boyitish fabrikasida o'lchash tizimlari va vositalarini metrologik ta'minotini tashkil qiladi;
  • Nazorat o'lchash asboblari va avtomatika vositalarining tekshiruvini tashkillashtiradi va nazorat qiladi;
  • Murakkab o'lchov vositalarini qiyoslash (kalibrlash) va attestatsiyadan o' tkazish ishlarini amalga oshiradi, qiyoslash (kalibrlash) natijalari bo'yicha xulosalar tayyorlaydi;
  • 3-MBF da texnologik nazorat o'lchov vositalari harakatlanishining hisobini yuritadi;
  • Yangi o’lchov vositalari va uslublarini joriy etishdan iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblarini amalga oshiradi;
  • Jadvalga binoan, 3-MBF sexlarida o'lchov vositalari va uslublarining holati ustidan metrologik nazoratni amalga oshiradi
  • O'lchov vositalarini tanlash va tayinlashni tavsiya qiladi; metrologik tavsiflarning to'g'ri hisoblashini nazorat qiladi;

Ko’nikmalar:

  • Metrologik attestatsiya, o’lchov uslublari va vositalari bo'yicha standartlar va boshqa normativ hujjatlarni bilish;
  • Metrologiya, standartlashtirish asoslari, metrologik qoidalar va normalar, o'lchov vositalarini ekspluatatsiya qilish, ta'mirlash, sozlash, qiyoslash (kalibrlash), yustirovkalash va saqlashga qo'yiladigan talablarini bilish;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech