Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nasos qurilmalari mashinisti

01 Iyul 2025, 13:10 1249

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalar:

  • Nosozliklar va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ishlab chiqarish ob'ektlarida nasos uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlarni bajarish;
  • Vakuum nasos agregatlarining ishlashini, shuningdek ularga texnik xizmat ko'rsatishni nazorat qilish;
  • Kichik ta'mirlash ishlarini bajarish, uskunani ishga tushirish va to'xtatish;
  • Nasos tizimida belgilangan bosim parametrlarining saqlanishini nazorat qilish;
  • Quvur liniyasining xizmat ko'rsatilayotgan ishchi qismining butun uzunligi bo'ylab uzilishlarsiz tizimning ishlashini ta'minlash;
  • Nasos agregatiga texnik xizmat ko'rsatish, elektr jihozlarining yuklanishini nazorat qilish;
  • Nasos agregati ishini hisobga olish va hisobot berish.

Talablar:

  • Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

Asosiy qobiliyatlar:

  • Tizim orqali transportirovka qilinadigan mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari bilishi;
  • Ishlatilgan mashina moylari;
  • Nasos dvigatelning ishlash printsipini;
  • Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
  • Turli dizayndagi nasoslar bilan ishlash ko'nikmalari;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi. 

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech