Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Qo’riqlash-yong‘indan himoyalash signalizatsiyasi sozlovchisi

01 Iyul 2025, 13:26 1222

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Oliy texnik ta’lim (axborot xavfsizligi, avtomatlashtirish, elektronika, telekommunikatsiyalar yoki IT sohasida);
  • Qo’riqlash-yong’indan himoyalash signalizatsiyasi yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Qo’riqlash-yong’indan himoyalash signalizatsiyasi (QYXS) tizimlarini loyihalash, montaj qilish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajriba;
  • Axis, Hikvision, Dahua, Bolid, Perco, ZKTeco kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari va dasturiy ta’minoti bilan ishlash tajribasi;
  • Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish ko‘nikmalari;
  • Bolid, Rubezh, Argus-Spektr, Astra va shu kabi ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bilan ishlash tajribasi;
  • Yong‘in avtomatikasi tizimlarini qurish tamoyillari va ularni boshqa muhandislik tizimlari bilan integratsiyalash bo‘yicha bilimlar;
  • Texnik va ijro hujjatlarini tuzish ko‘nikmalari.

Asosiy vazifalari:

  • Texnik topshiriqlar, obyektlarni o‘rganish dalolatnomalari, hisobot va ekspluatatsion hujjatlarni tayyorlash tajribasi;
  • QYXS bo‘yicha texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • Texnologik xavfsizlik sohasidagi me’yoriy talablar va standartlarga rioya etilishini nazorat qilish
  • QYXS tizimlarini sozlash, optimallashtirish va ularning barqaror ishlashini ta’minlash;
  • Favqulodda holatlarga tayyorgarlik va ma’lumotlarni zaxiralash rejalari ishlab chiqishda ishtirok etish.

Konikmalar:

  • Qo’riqlash-yong’indan himoyalash signalizatsiyasi tizimlari bilan ishlash tajribasi;
  • Soha bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lish (masalan, Rubezh, Bolid va boshqalar) ma’qul ko‘riladi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech