Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Video kuzatuv tizimlari (VKT) sozlovchisi

01 Iyul 2025, 13:27 1216

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Avtomatlashtirish, elektronika va elektrotexnika bo’yicha o'rta maxsus ma’lumot;
  • Mutaxassislik bo'yicha ish tajribasi afzallik sifatida baholanadi;
  • Analog va IP turdagi videokuzatuv tizimlari hamda SKUD (kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimlari) ish prinsiplarini tushunish;
  • Videokuzatuv va SKUD tizimlarining sxemalarini o‘qiy olish;
  • Kameralarni o‘rnatish va ulash (jumladan, gumbazli, aylanuvchi, tashqi foydalanishga mo‘ljallangan);
  • Kabel (twisted pair, koaksial, optik tolali) tortish, kommutatsiya uskunalarini o‘rnatish;
  • DVR/NVR videoregistratorlari, o‘quv qurilmalari, kommutatorlar sozlamalarini o‘rnatish;
  • Mobil ilovalar, bulutli xizmatlar va web-interfeys orqali masofaviy kirishni sozlash;
  • Tarmoq protokollarini bilish (TCP/IP, DHCP, DDNS va boshqalar);
  • Videotizimdagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.

Asosiy vazifalari:

  • Videokuzatuv tizimi uskunalarining ishlash holatini ta’minlashga doir topshiriqlarni bajarish;
  • Kameralarning dastlabki sozlamalari: kuzatuv burchagi, fokus, ekspozitsiya, ruxsat darajasi va h.k.;
  • Uskunalarni mahalliy tarmoqqa ulash, IP-manzillar va portlarni sozlash;
  • Ishga tushirish va sozlash ishlari (ПНР)ni amalga oshirish;
  • Nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish;
  • Signal sifati va yozuvlarni tekshirish, dasturiy ta'minot va arxivlar bilan ishlash.

Ko'nikmalar:

  • Texnik hujjatlarni yuritish (hisob jurnallari, dalolatnomalar, sxemalar);
  • Uskunalar dasturiy ta'minotini yangilash, zaxira nusxalashni sozlash;
  • Ishdan chiqqan komponentlarni almashtirish yoki modernizatsiya qilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech