• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yuklarni eltish bo‘yicha ekspeditor

05 Fevral 2024, 15:14 2762

2024-yilning 5-fevralidan 11-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Olmaliqmetallurgqurilish" trestiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlari:

  • Omborlardan hujjatlarga muvofiq tovarlarni qabul qilish;
  • Belgilangan transportga yuklarni ortish va tushirishni tashkil etish;
  • Tashish uchun mo'ljallangan tegishli transport turlarining uskunalari va sanitariya holatini nazorat qilish;
  • Tashish vaqtida materiallar xavfsizligini ta'minlash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus maʼlumoti;
  • Ushbu sohada ish staji.

Asosiy ko'nikmalari:

  • Yukni qabul qilish va yetkazib berish tartibi;
  • Ekspeditsiya qilingan tovarlarni tashish va saqlash shartlari;
  • Yuklash va tushirish;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech