Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Apparatchi gidrometallurg

10 Oktyabr 2025, 8:54 1281

2025-yilning 10-oktyabrdan 17-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodiga  quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar: 

  • Rux ishlab chiqarishda gidrometallurgiya jarayonlarni belgilangan tartibda yuritish;
  • Kadmiy va boshqa qo‘shimcha mahsulotlarni ajratib olishda qatnashish;
  • Nasoslar, filtrlash qurilmalari va boshqa texnologik apparatlarni to‘g‘ri ishlatish, ularning xususiyatlari;
  • Apparat va uskunalarning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash;
  • Tayyor mahsulot (eritma) sifatini va texnologik jarayonni belgilangan texnologik rejim mosligini nazorat qilish;
  • Xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish;
  • Asbob-uskunalarni oʻz vaqtida tozalashni amalga oshirish;
  • Kichik ta’mirlash, asbob-uskunalarni ishga tushirish va to’xtatish ishlarini amalga oshirish.

 Talablar: 

  • Maʼlumoti: Metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli (metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha) talabgorlarga – ishlab chiqarish korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Bandligi: to'liq ish kuni.

 Asosiy koʻnikmalar: 

  • Texnologik jarayonning buzilishi yoki uskunaning noto‘g‘ri ishlashini tezda aniqlash va bartaraf etish qobiliyati;
  • Texnik jurnallarni toʻldirishni qattiy amal qilish bilan amalga oshirish;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi;
  • Gidrometallurgiya jarayonlari va rux ishlab chiqarish texnologiyasini bilish;
  • Eritmalar bilan ishlash, filtrlash jarayonlarini boshqarish ko‘nikmasi;
  • Texnologik uskunalar (nasoslar, filtrlash qurilmalari va boshqa)ni boshqarish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech