llm-fan va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i
22 Avgust 2024, 9:22
2736
2024-yil 22-avgustdan 31-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ilm-fan va innovatsiyalar bo'limiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi - ish natijadorliga qarab belgilanadi;
- Talab qilinadigan ish tajribasi: ilmiy sohada kamida 5 yil;
- Ish bilan ta'minlanish: to'liq ish vaqti.
Majburiyatlar:
- Bo`linmalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkiliy va buxgalteriya hisobi bilan ta'minlash, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam ko'rsatish;
- Bo'linmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini (ITI) rejalashtirish va o'tkazishni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam ko'rsatish;
- Bo'linmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini (ITI) rejalashtirish va o'tkazishni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam ko'rsatish, ochiq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish tartibiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash;
- Bo`limda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotni tashkil etish va qabul qilish, hisobot hujjatlarining davlat standarti talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
- Bo‘limning istiqbolli va yillik ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
- Rejada ko'zda tutilgan topshiriqlar, shartnoma majburiyatlari bajarilishini,shuningdek,mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish;
- Normativ talablarga,hujjatlarning to'liqligi va sifatli bajarilishini, uni tasdiqlashning belgilangan tartibiga rioya etilishini ta'minlash;
- Bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy hisobotlarni universitet ilmiy kengashiga taqdim etish;
- Patentlar-litsenziyasi va ixtirochilik faoliyati holatining yillik tahlil qilish;
- Ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro shartnomalar bajarilishini monitoring qilish;
- Ilmiy faoliyat samaradorligini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha yillik hisobotlarni taqdim etish, ilmiy kengash majlisiga materiallar tayyorlash;
- Boshqa ta’lim va ilmiy-tatqiqot muassasalar bilan ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni rasmiylashtirish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha axborot xatlari va uslubiy tavsiyalarni nashrga tayyorlashga ko‘maklashish;
- Bo'lim faoliyati samaradorligini ta'minlash, ishchilarni oqilona joylashtirish, mutaxassislarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish choralarini ko'rish. Bo'lim xodimlarini boshqarish;
- Mexnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilish;
- Doimiy ravishda o`zining kasbiy malakasni oshirib borish.
Talablar:
- Ma’lumoti – oliy kasbiy,texnika fanlari doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, soha profiliga mos keladigan tashkilotda ilmiy, innovatsion va tashkiliy ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
- ofis jihozlaridan foydalanish;
- hamkasblar va qo'l ostidagilar bilan ishlash;
- ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- ish sifatini nazorat qilish;
- ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish;
- joriy va uzoq muddatli prognozlash;
- smeta,hisob-kitoblarni tuzish.
Asosiy qobiliyatlar:
- Ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va monitoring qilish tajribasi;
- Ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni boshlash;
- Xo'jalik shartnomalari va tadqiqot ishlarini olib borish uchun tanlovlar o'tkazish tartibini bilish va tushunish;
- Investitsiya, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshirishni tartibga soluvchi qonunchilik va normativ hujjatlarni bilish;
- Belgilangan vazifalarni o'z vaqtida bajarish, muzokaralar olib borish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni hal qilish;
- Muloqot qobiliyatlari, harakatchanlik, stressga chidamlilik, punktuallik.
Shartlar:
- Muvaffaqiyatli nomzodga,Toshkent viloyati,Olmaliq shahriga ko`chib o`tish taklif etiladi;
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).