• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Komplayens xizmati boshlig‘i

18 Aprel 2025, 14:12 2569

2025-yil 18-apreldan 25-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Komplayens xizmatiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Oylik ish xaqi:

  • “Olmaliq KMK” AJ xodimlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasiga asosan belgilanadi.

Talab qilinadigan ish staji:

  • Oliy iqtisodiy, moliyaviy, yuridik maʼlumotga ega boʻlgan, davlat va (yoki) xoʻjalik boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimlarida kamida
    5 yil ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

Bandligi:

  • To‘liq ish kuni.

Majburiyatlari:

  • Xizmatning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy va mahalliy ilgʻor tajriba va yutuqlaridan xabardor boʻlishi;
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, Adliya vazirligining huquqiy xulosasini olish hamda normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartib va qoidalarini bilishi;
  • Qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar darajasida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tartibi va qoidalari, kompyuterlarda ishlatiladigan asosiy dasturiy taʼminotlarni ishlatish amaliy koʻnikmasiga ega boʻlishi;
  • Mehnat qonunchiligi asoslarini bilishi;
  • Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻindan himoya qilish qoidalari toʻgʻrisida zarur bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech