Bunkerlovchi
16 Oktyabr 2025, 10:28
907
2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.
- Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
- Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
- Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
- Bandligi: toʻliq ish kuni.
Vazifalari:
- Rudani qabul qilish, bunkerga to‘g‘ri joylashtirish va taqsimlash;
- Bunkerlarning to‘lish darajasini kuzatib borish va ortiqcha yuklanishning oldini olish;
- Bunker osti yopgichlari, oziqlantiruvchi mexanizmlar va boshqa uskunalarni boshqarish;
- Material oqimini uzluksiz va xavfsiz ta’minlash;
- Uskunalarning texnik holatini kuzatish, oddiy nosozliklarni bartaraf etish;
- Ish joyida tozalikni saqlash va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
- Favqulodda vaziyatlarda bunkerlarni xavfsiz to‘xtatish va smena ustasiga xabar berish.
Bilishi kerak:
- Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
- Texnologik yoʻriqnoma.
- MM va XT boʻyicha tegishli boʻlgan yoʻriqnomalarni.
- Isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (PTE), isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (PTB) qoidalari.
- Olmaliq KMK AJ, Kovuldi koni ichki mehnat tartibi qoidalari.
- Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni.
- Ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibi.
- OSF texnologik jarayonlari asoslarini;
- Bunkerlar va oziqlantiruvchi mexanizmlarning tuzilishi va ishlash prinsipi;
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini;
- Yong‘in xavfsizligi va yong‘inga qarshi vositalardan foydalanish tartibini;
- Avariyani bartaraf etish rejasi (PLA);
- Oddiy mexanik va elektr nosozliklarni aniqlash usullarini;
- Ish joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini.
Malaka talablari:
-
Ma’lumoti — kamida o‘rta maxsus, o‘rta, guvohnoma;
- Maxsus kasbiy tayyorgarlik talab qilinadi (o‘quv kurslari yoki ishlab chiqarishdagi amaliyot orqali);
- Texnika xavfsizligi bo‘yicha malaka imtihonidan o‘tgan bo‘lishi;
- Mexanizmlarni boshqarish va oddiy ta’mirlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).