Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Jihozlarni ta‘mirlash bo‘yicha navbatchi elektrochilangar

16 Oktyabr 2025, 13:38 1434

2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • OSF har bir ishchi falokat holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki oʻzi va yonida ishlayotganlar bilan baxtsiz hodisa yuz berishi mumkin boʻlgan holatga oʻz harakati yoki harakatsizligi, hamda ehtiyotsiz harakati va asossiz tavakkalchiligi bilan yoʻl qoʻymasligi lozim.
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari oʻzining navbatchiligi vaqtida quyidagilarga javobgar hisoblanadi:
  • barcha unga ishonib topshirilgan elektr uskunalarning butunligi, toʻgʻri va uzluksiz ishlashiga;
  • elektr uskunalarining tejamli va ishonchli rejimda ishlashiga;
  • har xil turdagi tezkor (operativ) qayta yoqishlarning toʻgʻri bajarilishiga;
  • oʻziga kerak boʻlgan elektr energiyasini tejamli ishlatilishiga;
  • OSF energetigi ishlab chiqqan jadvalga mos elektr uskunalarni tozalash va artishga javobgar;
  • Smenada bir marta (qabul qilish va topshirishdan tashqari) navbatchi yaxshilab ishonib topshirilgan obyektni koʻrib chiqishi va jurnalga yozib qoʻyishi kerak.
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari oʻzi bajarishi, hamda taʼmirlovchi hodimlarga ishning xavfidan yoʻriq berishi, texnika xavfsizligi qoidalarini, texnik ekspluatatsiya, ekspluatatsion yoʻriqlarni soʻzsiz bajarishini talab qilishi kerak.
  • Uskunalarni tekshirishda toʻsiqlarni yechish va toʻsiqdan ichkarisiga kirish taqiqlanadi.
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari ish joyini koʻzdan kechirishi, tekshirish jarayonida tezda bartaraf etilishni talab qiluvchi nosozliklar aniqlansa bu haqida uchastka boshligʻiga xabar berishi va texnika xavfsizligi qoidalari (PTB)ga mos ravishda bevosita oʻzi taʼmirlashi yoki taʼmirlash hodimlarini chaqirishi lozim.
  • Falokat sodir boʻlsa elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari bu haqida nozim (dispetcher)ga, OSF bosh energetigiga, ishlab chiqarish uskunalari ustasiga boʻlgan holat haqida habar berishi va uning keying harakati haqida kelishib olishi kerak.
  • Agar biror bir ishchi zarar koʻrgan boʻlsa unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib uni tibbiy yordam xonasiga (medpunkt) olib kelishi kerak.
  • Yerga qisqa tutashish paydo boʻlganda uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari OSF energetigiga xabar berishi, shart va qisqa tutashuv joyini uning koʻrsatmalariga asoslanib izlashi kerak.
  • OSF bosh energetik, bergan farmoyishlarni uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari tezkor (operativ) jurnalga qachon, kim tomonidan berilganligini yozib qoʻyadi va yozuvga binoan bajaradi. 
  • Agar uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari olingan farmoyishlarning toʻgʻriligiga ishonmasa va tushunmasa, u qayta qoʻngʻiroq qilib soʻrashi lozim.
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari uchastkaga begona shaxslar kelganida yoʻriqnomaga mos harakat qilishi kerak.
  • Muntazam ravishda OSF nozimi (dispetcher)ga oʻzining qayerdaligi va bajaradigan ishlari toʻgʻrisida xabar berib turishi kerak.   
  • OSF bosh energetigi farmoyishi bilan qayta yoqish ishlarini bajarish. Faqat ortga tashlab boʻlmaydigan holatlarda (baxtsiz hodisa, uskunaning falokatsi xavfi) farmoyishsiz qaytayoqish ishlarini bajarishga ruxsat beriladi, lekin bundan soʻng OSF bosh energetigi xabar berishi lozim.
  • 6/0.4 kV podstansiyasida T-1 va T-2 ulanishlarida qayta yoqishni qatʼiy “Qora-Qiya-Soy” nimstansiyasi dispetcheri ruxsati bilan bajarishi, soʻng tezkor (operativ) jurnalga sana va vaqtni aniq koʻrsatib yozishi lozim.
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangar yuqori kuchlanishdagi qurilmalarida ishga ruxsat olishda faqat ruxsat-naryadiga binoan yoki ogʻzaki farmoyishga asosan OSF bosh energetigi ruxsati bilan texnik ekspluatatsiya qoidalari (PTE) texnika xavfsizligi qoidalari (PTB) guvohnomasini tekshirib, soʻng bajarishi mumkin.
  • L-1 va L-2 elektr uzatish liniya ikkalasida ham kuchlanish yoʻqolib qolgan holda podstansiya dispetcheri bilan aloqa bogʻlab turishi lozim. Qora-Qiya-Say tel. nomer 182-90-34; 9-(71-00), (74-00), (51-49).
  • 3-toifa (razryad)li uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi (chilangar) elektr chilangari ish xususiyati:
  • zaminlagich tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish, yechib olish, oʻrnatish, taʼmirlash va ishlatib koʻrishni. Havo elektr oʻtkazuvchi liniyalarning tirgaklarini, chaqmoqdan himoyalagichlarni taʼmirlash va oʻrnatishni. Havo elektr oʻtkazuvchi liniyalarning tirgaklarini siljitish, oʻrnatish va yechib olishni. Nazorat oʻlchov asboblari, manometr, ampermetr, voltmetrlarni ulash va almashtirishni. Kuchlanishi past boʻlgan oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni oʻlchashni. Zaminlagichlar tuzilishini. Egiluvchan kabellarni vulkanizatsiya qilishni. Uskunalarni boʻyash, yozuvlar yozishni. Xizmat koʻrsatayotgan uskunani moylashni. Moydan namuna olish va uni almashtirishni,elektr chiroqlarni va elektr patronlarni almashtirishni. Takelaj va yuk ilish ishlarini bajarish kerak.
  • 4-toifa (razryad)li uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari ish xususiyati:
  • Oʻrta murakkablikdagi kon mashinalari elektr va mexanik qismlari va mexanizmlariga, yuqori voltli podstansiya uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish, yechib olish, oʻrnatish, taʼmirlash va ishlatib koʻrishni. Elektr uskunalarining himoya qobiqlarini tekshirish va yuqori voltli dvigatel va transformatorlarni quritishni. Yuqori voltli egiluvchan kabellarni va konveyer lentalarini ajratish va vulkanizasiya qilish, taʼmirlash. Guruhli yoritish projektorlarini taʼmirlashni. Generatorlar, tormozlash elektrmagnitlari, transformatorlar, elektr dvigatellari, tarqatuvchi qurilmalar, 1000 V gacha kuchlanishdagi elektrdan himoya vositalarini sinashni. Oddiy detal va qismlarini yasash va chilangarlik ishlov berishni bajarishi kerak.
  • 5-toifa (razryad)li uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari ish xususiyati:

- Murakkab mashinalari elektr va mexanik qismlari va mexanizmlariga, yuqori voltli podstansiya uskunalariga, apparaturalarga, nazorat oʻlchov asboblari, avtomatik harakatga keluvchi qurilmalar, telemexanika vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, yechib olish, oʻrnatish, taʼmirlash va ishlatib koʻrishni. 50 metrdan yuqori boʻlgan balanlikdagi ishlarni himoya kamarlaridan foydalanib va boshqa moslamalar yordamida uskunalarni taʼmirlash va yechish, oʻrnatishni. 1000 V dan yuqori kuchlanishdagi elektrdan himoya vositalarini sinashni. Statsionar va koʻchib yuruvchi oʻrnatmalarda avtomatik boshqaruv sxemasidagi nosozliklarni aniqlash va sozlashni. Yerga tok oʻtganda himoya apparatlarining ishga tushib ketish vaqtini tekshirishi. Fider avtomat va ishga tushirgich (puskatel)larda oʻrnatma yuqori tok himoya kattaliklarini oʻlchash va sozlashi.

Bilishi kerak:

  • Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
  • Texnologik yoʻriqnoma.
  • MM va XT boʻyicha tegishli boʻlgan yoʻriqnomalarni.
  • Isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (PTE), isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (PTB) qoidalari.
  • Avariyani bartaraf etish rejasi (PLA).
  • Yongʻinga qarshi vositalardan foydalanishni.
  • Olmaliq KMK AJ, Kovuldi koni ichki mehnat tartibi qoidalari.
  • Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni.
  • Xizmat koʻrsatilayotgan asosiy va yordamchi jihozlarini tuzilishi va ishlash prinsipi.
  • Rangli metallar boyitish fabrikasi texnologik uskunalarini ekspluatatsiya qilish qoidalairi.

Malaka talablari:

  • Ma’lumoti — kamida o‘rta maxsus, o`rta, guvohnoma;
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari 18 yoshdan kichik boʻlmagan tibbiy xulosasiga koʻra sogʻlom deb topilgan kasbiy malakasi boʻlgan, maxsus kurslarda oʻqigan boʻlib 1oy davomida malakali ishchi bilan biriktirilgan va tuzilgan komissiya imtihonidan oʻtgan, boshlangʻich yoʻriqnomadan oʻtgan shaxs qoʻyiladi.
  • Maxsus tayyorgarlik talab etiladi:

- uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari oʻqish va oʻrganish jarayonida elektr uskunalarini qayta yoqish, koʻrik yoki boshqa ishlarni faqat oʻrgatuvchi nazorati ostida va ruxsati bilan bajarishi mumkin. Oʻqish va oʻrganish tugaganidan soʻng korxona buyrugʻi bilan tayinlangan malaka komissiyasiga shu kasb dasturi, “Yagona tarif-malaka malumotnoma”,(YETKS) “ elektr qurilmalar ehtiyojmandlari, texnik ekspluatatsiya qoidalari (PTE), texnika xavfsizligi qoidalari (PTB) ” talablari hajmida imtihon topshiradi.

  • Agar uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari imtihon topshirolmasa mustaqil ishga qoʻyilmasdan eng kami ikki xafta yoki bir oy davomida qayta imtihon topshiradi.
  • Uskunalarni taʼmirlovchi elektr chilangari va navbatchi elektr chilangari qayta imtihon paytida qoniqarsiz bilim koʻrsatsa u boshqa ishga oʻtkaziladi va unga nisbatan ichki tartib qoidalari, "Olmaliq KMK" AJ nizomi 25-punktda koʻrsatilgan tartibga asoslangan holda chora koʻriladi. Uzurli sabablarsiz imtihonga kelmaslik yoki tayyorgarliksiz kelishi ichki tartib-qoidalarini buzilishi xisoblanadi. Ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan hodimlarga ichki mehnat tartib  qoidalari asosida intizomiy choralar qoʻllaniladi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech