Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Rus tilidagi efir uchun suxandon

16 Oktyabr 2025, 8:11 466

2025-yilning 16-oktyabrdan 26-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmatiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;

  • Kerakli ish tajribasi: - talab etilmaydi, ammo inobatga olinadi;
  • Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

  • Mualliflik va axborot dasturlariga boshlovchilik qilish;
  • Telelavha, teleocherk, telereportaj va ko‘rsatuvlar tayyorlay olish;
  • Teleko‘rsatuvlarga mos va sifatli matn yozish, yuksak ijodiy salohiyat;
  • Voqea va hodisalarni fakt va raqamlarda haqqoniy yoritish;
  • Teleko‘rsatuv tayyorlashda tezkorlik va sifat uygʻunligini taʼminlash.

Talablar:

  • Jamoa bilan ishlashda oʻzaro hurmat-ehtiromni saqlash
  • Maʼlumoti: oliy.
  • Ish tajribasi: Talab etilmaydi, ammo inobatga olinadi.
  • Rus tili grammatikasini mukammal bilishi,
  • Chet tillarini bilishi eʼtiborga olinadi

Аsosiy qobiliyatlar:

  • Har bir voqelikka ijodiy yondosha olish;
  • Voqea-hodisa joyidan telereportaj tayyorlay bilish, kamera qarshisida ishlay olish;
  • Intervyu olish va yangilik tayyorlash qobiliyati;
  • Matnni o‘qish qobiliyati (diksiya);
  • Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
  • Tezkorlik, aniqlik, ijodkorlik, masʼuliyatlilik, stressga chidamlilik, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish. 

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech