• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Direktor oʻrinbosari

26 Aprel 2024, 13:56 1558

2024-yilning 26-aprelidan 2 mayga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Muhandislik maktabiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • oylik ish haqqi “Olmaliq KMK” AJ Muhandislik maktabi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi;
  • rahbarlik lavozimida uch yildan kam boʻlmagan mehnat staji (Oliy va professional taʼlim muassasalaridagi faoliyati ustuvorlikka ega).

Vazifalar:

  • Muhandislik maktabi ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash;
  • Muhandislik maktabi oʻquv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, Muhandislik maktabi direktori buyruqlarining ijrosini taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini maktab  professor-oʻqituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;
  • Maktab  Kengashi, uslubiy hayʼati, ilmiy kengashlarning oʻquv jarayonini tashkil qilish va taʼminlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
  • Oʻquv jarayonini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻquv-yordamchi xodimlar va oʻquv ishlari boʻyicha masʼullar faoliyatini shakllantirish;
  • Maktabning oʻquv yili boʻyicha hisobotlarini umumlashtirish va oʻquv ishlari boʻyicha yillik umumiy hisobotini tuzish;
  • Taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha “Ishchi oʻquv reja”lari va “Oʻquv jadval”larini tuzish;
  • Taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;
  • Professor-oʻqituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan oʻquv-uslubiy ishlarining haqiqiy ijrosini taʼminlash;
  • Talabalarning oʻzlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash.

Talablar:

  • Taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga;
  • Magistr darajasidaga Oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • Taʼlim sohasida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.
  • Xorijiy tillarni bilishi (ingliz yoki nemis tilini bilishi ustuvorlikka ega).

Koʻnikmalari:

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
  • kadrlar tayyorlash boʻyicha nizomlarni ishlab chiqish;
  • tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
  • maʼlumotlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
  • ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar  vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.
  • Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, moyillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech