Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Energiya tizimlari dispetcheri

12 Oktyabr 2023, 17:18 2288

“Olmaliq KMK” АJ 3-Mis boyitish fabrikasi energiya tizimlari dispetcheri lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

Dispetcher uchun zaruriy talablar:

  1. Energetika yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumot;
  2. Energiya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi;
  3. Chet tillarini bilishi maqsadga muvofiqdir (ingliz, nemis).

 Zaruriy koʻnikmalar:

  • Ish jarayonida texnik va texnologik, shuningdek boshqa hujjatlarni qoʻllash;
  • Dispetcherlik buyruqlari (ruxsatnomalar) berish toʻg’risida qarorlar qabul qilish;
  • Elektrotexnik sxemalarni tushunish va oʻqiy olish;
  • Maxsus dasturiy ta’minotni qoʻllash;
  • Ish faoliyati davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • Dispetcherlik xizmati boʻyicha tezkor muzokaralar olib borish;
  • Bajarilgan ishlar haqida hisobotlar tayyorlash;
  • Avariyaviy holatlar tahlili;
  • Avariya holati kelib chiqqanida yoki kelib chiqish xavfi paydo boʻlganida avariyani oldini olish va bartaraf etish boʻyicha qarorlar qabul qilish.

 Zaruriy bilimlar:

  • Energetika sohasidagi normativ huquqiy dalolatnomalar va normativ-texnik hujjatlar;
  • Tezkor dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish tartibini belgilovchi yoʻriqnomaviy hujjatlar;
  • Tezkor dispetcherlik boshqaruvi qoidalari;
  • Elektr stansiya va tarmoqlari texnik ekspluatatsiya qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari;
  • Rele himoyasi va avtomatikasi qurilmalari (komplekslari) vazifasi, amalga oshirish tamoyillari, xizmat koʻrsatish tartiblari;
  • Elektr uzatish tarmoqlari texnik tavsifi va konstruktiv xususiyatlari;
  • Dispetcher xodimlar bilan tezkor muzokaralar olib borish tartibi;
  • Elektr energiyaning sifatini talab qilish;
  • Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimining tarkibi;
  • Aloqa va telekommunikatsiya vositalarining funksional imkoniyatlari;
  • Elektrotexnika asoslari

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 13-22-oktyabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • mehnat daftarchasi;
    • diplom

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech