Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Dispetcher

28 Yanvar 2025, 14:52 4714

2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Talab qilinadigan ish tajribasi:

  • Oliy ma'lumot - muhandis-texnik lavozimlarda boyitish mutaxassisligi bo'yicha kamida 1 yil;
  • o'rta texnik ma'lumot - muhandis-texnik lavozimlarda boyitish mutaxassisligi bo'yicha 5 yil.

Talablar:

  • Oliy va o'rta texnik ma’lumotli texnik ta’lim yoʻnalishi;
  • Ishlab chiqarishni rejalashtirish va ishlab chiqarishni operativ boshqarish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, uslubiy materiallarni bilish;
  • Korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirish va dispetcherlik qilishni tashkil etishni bilish; korxona va uning boʻlinmalarining ishlab chiqarish quvvatlari;
  • Korxona boʻlinmalarining ixtisoslashuvi va ular oʻrtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini bilish;
  • Mahsulotlar assortimenti, bajariladigan ish (xizmatlar) turlarini bilish;
  • Sanoat omborlari ishini tashkil etishni bilish,
  • Korxonada tashish va yuklash-tushirish ishlarini bilish;
  • Korxonaning ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini bilish;
  • Kompaniya mahsulotlariga qoʻyiladigan texnik talablarni bilish;
  • Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonining operativ hisobini tashkil etishni bilish;
  • Kompyuter texnologiyalari, aloqa va aloqa vositalarini bilish;
  • Iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va boshqaruv asoslarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va nizomlarini bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech