Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Sanash hisoblash mashinalarini ta’mirlash va xizmat ko ‘rsatish bo ‘yicha elektromexanigi (Ma`lumotlar uzatish tarmog`iga texnik xizmat ko`rsatish guruhi )

18 Iyul 2025, 15:35 2272

2025-yilning 18-iyuldan 21-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi   Ishlab  chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Оylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Кerakli ish tajribasi: mutahassizligi bo`yichа 3 yil ish tajribasiga ega bo`lishi lozim;
  • Вandlik: to'liq ish kuni.

 Vazifalar:

  • kasb bo'yicha mehnat va xavfsizlik xususiyatlari haqida umumiy tasavvurga ega bo'lish;
  • tashqi qutilmalarda ishlatiladigan Mikroelektronik bazaning asoslari bilish;
  • tarmoq uzatuvchi kabellarni, radiomost va tarmoq uzatuvchi qurilmalarini tuzilishi;
  • iste`molchilarning elektr inshootlarini texnik ishlatish qoidalari va iste`molchilarning elektr inshootlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari;
  • hisoblash mashinalari va ofis qurilmalarda nosozliklarni aniqlash, sinov va ta`mirlash ishlarini bajarish usullari.

 Talablar:

  • 18-ga to'lgan, sog'ligi mehnatga yaroqli;
  • mahsus tayyorgarlik talab qilinadi;
  • o`rta mahsus, kasb-hunar ta’limi.

      Asosiy ko'nikmalar:

  • shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • hisoblash mashinalari va ofis qurilmalarning elementlar bazasidan foydalanish;
  • ma'lumot uzatish tarmog'ining kabellarini montaj kilish;
  • muammolarni bartaraf etish uchun sinov dasturlaridan foydalanish;
  • mahalliy hisoblash tizimi bilan ishlash.

      Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech