Tеxnologik qurilmalarning avtomatika vositalari va asboblari bo‘yicha elеktromеxanigi
14 Oktyabr 2025, 14:37
1058
2025-yilning 14-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.
Vazifalari:
-
Texnologik qurilma (avtomatlashtirilgan nasos-gidrosiklon qurilma) - ANGQ ning avtomatika vositalari va priborlarini texnik ekspluatatsiya qilish.
Ishtarkibi:
-
ANGQ ning texnologik rejim parametrlarini nazorat va rostlash sxemalari ; ijro mexanizmlarining boshqaruv sxemalari ; nasoslaring avtomatlashtirilgan elektryuritgich (chastota o‘zgartgich)larining boshqaruv sxemalari; tashkil topgan avtomatlashtirish majmuasiga- kundalik va davriy texnik xizmat ko‘rsatish.
• ANGQ ning avtomatlashtirish majmui tarkibidagi avtomatlashtirish xamda elektr sxemalaridagi nosozliklarni diagnostika va bartaraf qilish.
- Uskuna elementlarini (rele, kontaktorlar, preobrazovatellar, kontrollerlar va h.k.) almashtirish va sozlash.
- Balandlikda ishlarini bajarish (asbob-uskunalarni, kabel yo‘llarini, datchiklarni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish)
- Texnik hujjatlarni yuritish, bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni rasmiylashtirish.
- ANGQ ning avtomatika vositalari va priborlarini joriy ta’mirlash ishlarinibajarish.
Malaka talablari:
Ma’lumoti: O‘rta maxsus yoki oliy texnik.
Mutaxassislik:
- Avtomatlashtirish, nazorat o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish xamda elektronika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta-maxsus yoki oliy
- Elektromexanika yoki elektrotexnika yo‘nalishlari bo‘yicha faqat oliy
- Balandlikda ishlarni bajarishga tayyorgarlik (balandlikda ish bajarish xuquqini tasdiqlovchi guvoxnoma mavjud bo‘lishi)
- Mutaxassislik bo‘yicha ish staji - talab qilinmaydi.
Bilim va ko‘nikmalarga talablar:
- Texnik va me’yoriy hujjatlar bilan ishlay bilishi – loyihaviy hujjatlarni (sxemalarni, loyihada shuningdek avtomatika vositalarining ishlab chiqaruvchisi hujjatlarida berilgan montaj qilishga, sozlashga talab va shartlarini) o‘qiy olishi .
- O‘lchash vositalari va nazorat o‘lchash asboblari va avtomatika priborlarining tuzilishi va qo‘llanishini, ishlash prinsiplarini bilishi .
- nazorat o‘lchash asboblari va avtomatika priborlarini amalda kalibrlash va sozlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
- Nazorat, rostlash va boshqaruv sxemalaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish uslublaridan boxabar bo‘lishi.
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va personal kompyuter sohasidagi bilim va ko‘nikmalari – tajribali foydalanuvchi darajasida.
Sharoitlari:
- kelgusida, ushbu kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli nomzodga oylik maoshini oshirish,ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi;
-
kelajakda xamkorlik sharoitlari muxokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).