Filtrlovchi
16 Oktyabr 2025, 11:0
879
2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.
- Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
- Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
- Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
- Bandligi: toʻliq ish kuni.
Vazifalari:
- Filtrlovchi (filtrovalщik) VFB–2 turidagi ramali vakuum-filtrda pulpani filtrlash va keklarni suv bilan yuvish ishlarini bajaradi.
- Filtrlovchi ish jarayonlarini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiradi:
- Agitator (aralashtirgich)dan pulpaning kelishini tekshirish;
- Voronkalarni pulpa bilan toʻldirish;
- Pulpani filtrlash jarayonini amalga oshirish;
- Kek (qatlam) hosil boʻlishini taʼminlash;
- Pulpani aralashtirgichga tushirish va filtr ramasining yuqori qismini suv bilan yuvish;
- Keklarni oltinsizlangan (dezolotatsiya qilingan) eritma bilan yuvish;
- Keklarni havo bilan quritish (otduvka) va oltinsizlangan pulpani zararsizlantirish jarayoniga yuborish;
- Agitatordan pulpaning kelib tushishini doimiy nazorat qilib borish;
- Pulpani aralashtirgichga tushirish vaqtida filtr ramalarida yoki voronka konusida pulpa qolib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
- Yuvish eritmalarining sathi filtr ramalaridan pastga tushib ketmasligini taʼminlash.
- Kollektorga havo soʻrilib kirishiga yoʻl qoʻymaslik;
- Voronkalardan pulpaning toshib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;
- Agar pulpa zararsizlantirish jarayoniga xato ravishda yuborilsa, uni qayta filtrlash jarayoniga perekachka qilib yuborish;
- Dambovoy zaxlopkalarni (yopqichlarni) toʻgʻri boshqarish va nazorat qilish;
- Barometrik boʻlimdagi nasoslardan kelayotgan signallarni doimiy kuzatib borish;
- Barometrik boʻlim idishlaridan oltinli eritmalarning toshib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;
- Ish joyini doimiy ravishda tozalikda va tartibda saqlash;
- Har smena oxirida nam tozalash ishlarini amalga oshirish.
Yuqorida bayon etilgan ishlar bajarilayotganda filtrlovchi quyidagilarga qatʼiy rioya etishi shart:
- texnologik yoʻriqnoma talablariga;
- isteʼmolchilar elektr uskunalaridan foydalanish boʻyicha texnik ekspluatatsiya qoidalari (ПТЭ) va texnika xavfsizligi qoidalari (ПТБ) ga;
- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha amaldagӣ yoʻriqnomalarga.
- Agar filtrlovchi uskunada nosozlik yoki avariya holatini aniqlasa, darhol uskunani toʻxtatishi, smena ustasiga xabar berishi va nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
- Agar uskunada nosozlik yoki avariya holati yuz bersa, uni darhol toʻxtatish, bu haqda ustasiga xabar berish va oʻz vaqtida tuzatish ishlarini amalga oshirish kerak.
- Ish smenasi davomida filtrlovchi OSF (золото извлекателная фабрика) rahbarlari tomonidan berilgan koʻrsatmalarni bajaradi.
Bilishi kerak:
- Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
- Texnologik yoʻriqnoma.
- MM va TX boʻyicha tegishli boʻlgan yoʻriqnomalarni.
- Isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ПТЭ), isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (ПТБ) qoidalari.
- Avariyani bartaraf etish rejasi.(ABER)
- Yongʻinga qarshi vositalardan foydalanishni.
- Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni.
- Xizmat koʻrsatilayotgan asosiy va yordamchi jihozlarini tuzilishi va ishlash prinsipi.
- Sianidlar va boshqa reagentlar bilan ishlashni.
- “Olmaliq KMK” AJ, Kovuldi koni ichki mehnat tartibi qoidalari.
- Zaharga qarshi (protivoyad) dorining tarkibi va qoʻllanilishini bilishi.
Malaka talablari:
-
Ma’lumoti — kamida o‘rta maxsus, o`rta, guvohnoma;
- Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.
- Filtr boʻlimi jihozlari ish holatini toʻgʻri aniqlashni bilishi.
- Vakuum nasos va resiverlar tuzilishini bilish.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).