Flotator
16 Oktyabr 2025, 11:36
1450
2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.
- Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
- Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
- Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
- Bandligi: toʻliq ish kuni.
Vazifalari:
- Rudalar va boshqa mineral materiallarni flotatsiya usuli orqali boyitish jarayonlarini amalga oshirish.
- Flotatsiya mashinalari, aeratorlar, nasoslar, aralashtirgichlar va yordamchi jihozlarni ishlatish hamda ularning texnik holatini nazorat qilish.
- Havo, suv va reagentlarni belgilangan meʼyorlar va texnologik reglamentga muvofiq berishni taʼminlash.
- Konsentrat va chiqindilarni ajratish, chiqindilarni olib chiqish va ularni joylashtirish.
- Flotatsiya jarayonining texnologik koʻrsatkichlarini kuzatish, ulardagi ogʻishlar holatlarida zarur tuzatish ishlarini amalga oshirish.
- Ish jarayonida namunalar olish va ularni tahlil uchun laboratoriyaga topshirish.
- Jihozlardagi nosozliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga oʻz vaqtida xabar berish.
- Smena davomida ish hujjatlarini yuritish va belgilangan hisobotlarni tayyorlash.
- Yuqorida koʻrsatilgan ishlarni bajarishda flotator texnologik yoʻriqnoma talablariga isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari, isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, hamda MM va XT yoʻriqnomasiga qatʼiy rioya qilishi shart.
- Jihozlarda nosozlik va halokatli holatlar aniqlanganda gidrometallurg apparatchigi jihozlarni belgilangan tartibda toʻxtatishi shart. Smena ustasiga xabar berishi va nosozlikni vaqtida tuzatish uchun choralar koʻrish.
- Xoʻjalik smenasida OSF rahbariyati (smena ustasi) koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarish.
Bilishi kerak:
- Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
- Texnologik yoʻriqnoma.
- MM va XT boʻyicha tegishli boʻlgan yoʻriqnomalarni.
- Isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (PTE), isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (PTB) qoidalari.
- Avariyani bartaraf etish rejasi (PLA).
- Yongʻinga qarshi vositalardan foydalanishni.
- Olmaliq KMK AJ, Kovuldi koni ichki mehnat tartibi qoidalari.
- Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni.
- Xizmat koʻrsatilayotgan asosiy va yordamchi jihozlarini tuzilishi va ishlash prinsipi.
- Sianidlar bilan ishlashni bilish.
- Zaharga qarshi (protivoyad) dorining tarkibi va qoʻllanilishini bilishi.
- Флотация технологиясининг асослари ва унинг қонуниятлари.
- Boyitiladigan minerallarning fizik-kimyoviy xususiyatlari.
- Flotatsiya mashinalari, nasoslar, separatorlar va yordamchi agregatlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari.
- Qoʻllaniladigan reagentlar turlari (kollektorlar, koʻpik hosil qiluvchilar, modifikatorlar), ularning xususiyatlari va qoʻllanish tartibi.
- Ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibi.
- Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi talablari.
- Namunalar olish metodikasi va ularni laboratoriya tahlili uchun tayyorlash qoidalari.
Malaka talablari:
-
Ma’lumoti — kamida o‘rta maxsus, o`rta, guvohnoma;
- Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.
- Quyuqlashtirish va sianlash boʻlimi jihozlari ish holatini toʻgʻri aniqlashni bilishi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).