IHQX bo'sh ish o'rinlari
07 Fevral 2023, 8:52
15025
“Olmaliq KMK” АJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining quyidagi bo'sh ish o'rinlariga rezyumelar qabul qilinadi.
1. Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (Angren) 6-komanda 1-darajali o‘qchi
Oylik ish haqi - “Olmaliq KMK” АJ xodimlarning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasiga asosan;
Kerakli ish staji – talab etilmaydi;
Bandlik – smenali ish.
Talablar:
- Doimiy yashash joyiga ega;
- O‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan;
- Mol-mulkka tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan;
- Safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni yoki haqiqiy harbiy xizmatni o‘tab boʼlgan, 18 yoshga to‘lgan, 45 yoshdan oshmagan erkaklar, 40 yoshdan oshmagan salomatlig holati bo‘yicha yaroqli bo‘lgan ayollar;
- Nutq qobiliyati;
- Davlat va rus tillarida ravonlik (chet tili – ingliz tilini bilish afzal ko‘riladi);
Shartlar :
- Kelgusida ushbu sohada muvaffaqiyyatga erishgan nomzodga oylik ish haqi va ijtimoiy imtiyozlarni ko‘paytirish masalasi koʼrib chiqiladi;
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama (suhbat) yakunida kelishiladi.
Majburiyatlari:
- Ob’yektlar qo‘riqlanishini va tashilayotgan yuklarning saqlanishini ta‘minlash bo‘yicha qonun hujjatlariga katʼiy rioya kilish;
- mol-mulkni o‘g‘irlagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lish, quriqlanayotgan mol-mulkning o‘g‘irlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xo‘jasizlik va beparvolik namoyon bo‘lishining har qanday koʼrinishiga o‘z vaqtida munosabat bildirish;
- Ruxsat berish va obʼyekt ichki rejimlari buzilishining oldini olish va ularga barham berish tadbirlarini amalga oshirish;
- Obʼyektlar va mol-mulkni qoʼriqlashni hamda huquqqa zid tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash;
- Qoʼriqlanadigan obʼyektlarda jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarga barham berish;
- Qoʼriqlanadigan obʼyektaarga noqonuniy kirgan shaxslarni qidirish va ushlash;
- Qoʼriqlanadigan obʼyektlarda favqulodda hodisalar hamda texnogen va tabiiy tusdagi vaziyatlarning oldini olishda va ularni tugatishda belgilangan tartibda qatnashish;
- Rejimli-maxfiy organ binosiga kirish huquqisiz davlat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil etadigan maʼlumotlar saklanishini taʼminlash tadbirlarini oʼtkazishda qatnashish;
- Huquqni muhofaza qilish organlariga oʼzlariga yuklangan vazifalarni hal etishda oʼz vakolatlari doirasida koʼmaklashish;
- Oʼziga ishonib topshirilgan xizmat quroli, xizmat guvohnomasi, maxsus va texnik vositalar, formali kiyim-bosh, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularni soz holatda saqlash;
- Oʼzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga halol va vijdonan munosabatda boʼlish, intizomli boʼlish, oʼz kasbiy bilimlarini doimo oshirib borish;
- Tegishli dasturlarda belgilangan shaxsiy jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasini taʼminlash;
- Xizmat vazifalarini bajarishda egallab turgan lavozimiga muvofiq belgilangan formali kiyim-boshni kiyish va farqlash belgilarini taqish;
- Boshliqlarning buyruq va vazifalarini soʼzsiz, aniq va oʼz vaqtida bajarish;
- Oʼz vazifalarini qatʼiy bilish va ongli ravishda bajarish, qoʼriqlanadigan obʼyektni va uning xususiyatlarini bilish, oʼz kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirish;
- Tashabbuskorlik va topqirlikni koʼrsatish;
- Intizomli boʼlish, davlat va xizmat sirlarini qatʼiy saqlash;
- Texnik qoʼriqlash vositalarini va boshqa mulkni avaylash va doimiy ravishda jangovar tayyorgarlikda ushlab turish;
- Xizmat hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya kilish;
- Yongʼin xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
- Qoʼriqlanayotgan obʼyektda tartibni taʼminlashda korxona mansabdor shaxslariga koʼmaklashish.
- IHQX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni xam bajaradilar.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 7-9 fevral kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- harbiy guvohnoma;
- pasport.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB OLISH